18-maydan Qozog‘istonda mehmonxona, kafe va masjidlar ochiladi

  • 19:48 / 13.05.2020
  • 146

Bugun, 13-may kuni Qozog‘iston Bosh vaziri o‘rinbosari E. Tugjanov raisligida koronavirus infeksiyasining oldini olish bo‘yicha idoralararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida iqtisodiy tiklanish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha bir qator aniq qarorlar qabul qilindi. Bu haqda Xabar 24 nashri ma’lum qilmoqda.

Unga ko‘ra, 2020-yil 13-maydan boshlab Chimkent, Aktau, Uralsk, Jezkazgan, Balxash, Urjar, Zayzanga parvozlar boshlanadi. 

2020-yil 18-maydan boshlab sanitariya talablariga muvofiq quyidagi obyektlar ishlashiga ruxsat beriladi: 

mehmonxonalar; 
umumiy ovqatlanish joylari (30 o‘rinli); 
toza havoda xizmat ko‘rsatadigan umumiy ovqatlanish joylarining yozgi hududlari; 

2020-yil 18-maydan boshlab diniy muassasalar (masjid hududining 30 foizinigina to‘ldirish sharti bilan). 

2020-yil 1-iyundan boshlab Bosh davlat sanitariya nazorati talablarini inobatga olgan holda ichki temir yo‘l xizmatini bosqichma-bosqich qayta tiklash rejalashtirilgan. 

Chiptalar 2020-yil 15-mayda sotuvga chiqadi. Qozog‘iston fuqarolarini chet elga vataniga qaytarish masalalari ham ko‘rib chiqildi.