19-noyabr kuni Farg‘ona va Andijonda kun bo‘yi “svet” bo‘lmaydi

  • 18:08 / 18.11.2019
  • 302

19-noyabr kuni “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan “L-SX” 35 kV havo liniyasi tarmog‘ida va T-1 6300 kVA 35/6 Sho‘rsuv podstansiyasida joriy ta’mirlash ishlari olib boriladi. Shu sababli:

• Bag‘dod tumanining Oydinbuloq, Qorovultepa, Qaroqchitol, Yuksalish, Matqulobod, Cheksaroy, Qo‘shtegirmon-1, Qo‘shtegirmon-2, Navro‘z, Chuvalanchi, Tuvadaq, Ultarma, Olchin, Cho‘l-Yunus, Bordon MFYlarda;

• O‘zbekiston tumanining Sho‘rsuv shaharchasida iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berilishida vaqtinchalik uzilishlar bo‘ladi.

Shu kuni soat 09:00 dan 17:00 ga qadar Andijon viloyatining ayrim hududlarida ham viloyat elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan 110/35/10 kV kuchlanishli “Maslahat” podstansiyasi 1-SSh 10 kVda ta’mirlash ishlari olib boriladi. Shu sababli:

• Oltinko‘l tumanidagi  Ittifoq, Saroy-1, Maslahat, Xasan-Xusan mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi aholi xonadonlarida soat 09:00 dan 17:00 ga qadar elektr ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar bo‘ladi.