2 yashar nevarasini jinoyatga aralashtirgan ayol qo‘lga tushdi

  • 12:22 / 06.12.2019
  • 79

Nevarasining pampersiga 1 kg.dan ortiq tilla buyumlarni yashirib, olib chiqmoqchi bo‘lgan buvi fosh bo‘ldi.

Bojxonachilar va huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda aniqlangan navbatdagi holatda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Gʻishtko‘prik” chegara bojxona postida qo‘shni davlatga chiqib ketayotgan ayollardan biri tilla taqinchoqlarni yashirincha olib chiqish uchun 2 yoshli nevarasidan foydalanmoqchi bo‘lgani fosh etildi.

Неварасининг памперсига 1 кг.дан ортиқ тиллани яшириб, олиб чиқмоқчи бўлган буви фош бўлди

Ya’ni, yo‘lovchi ayollardan biri nevarasining yo‘rgagi – “pampers”i orasiga tilladan ishlangan 6 dona zanjir, 4 dona bilaguzuk va 1 dona uzukni yashirib o‘tmoqchi bo‘lgani aniqlangan. Mazkur tilla buyumlar chegaradan olib o‘tishda bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovida va yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ma’lum qilinmagan. 

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra mazkur zargarlik buyumlarining umumiy og‘irligi 1 kg. 115 gr.ni, jami qiymati esa 334 mln. 500 ming so‘mni tashkil qilishi ma’lum bo‘lgan. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.