2014 yilning eng yaxshi texnologiyalari

  • 13:25 / 04.02.2015
  • 2809

Quyosh energiyasi

O‘tgan yili Moxave cho‘li (Kaliforniya)da dunyodagi eng yirik quyosh elektrostansiyasi ishga tushdi va 329 megavatt energiya ishlab chiqara boshladi. Bu 140 mingta uyni elektrlashtirishga yetadi. 

Yangi Janubiy Uels universiteti olimlari quyosh nurining 46 foizini elektr energiyasiga aylantiruvchi quyosh batareyalarini yaratib rekord o‘rnatishdi. Bu hozirda eng yuqori ko‘rsatkichdir.

3D-nashr

3D-printerlarda siyoh o‘rniga suyuq plastik ishlatiladi. 3D-printerda uch o‘lchamli obektlar nashr qilinadi.

O‘tgan yili ushbu printer yordamida stullar, kiyim, avtomobillar, o‘yinchoq, uy, elektronika buyumlari, protezlar va hattoki ovqat ham tayyorlandi.

Noyabr oyida esa Xalqaro kosmik stansiyada 3D-printer yordamida dastlabki obekt chop etildi. 

To‘ldirilgan voqelik

Grafika, tovushlar, teginish hissi va hidlar jamlanmasi to‘ldirilgan voqelikdir. “Google” ko‘zoynaklari paydo bo‘lganidan so‘ng to‘ldirilgan voqelik ommalasha boshladi.

“Jaguar Land Rover” mashina old oynasida grafika yordamida nafaqat navigatsion ma'lumotlar, balki haydovchi sezmay qolgan piyodalar yoki mashinalar haqida ham ma'lumot berish texnologiyasini namoyish etdi. Bunday texnologiyadan magazinlarda ham foydalanish ko‘zda tutilmoqda, uning yordamida xaridor kiyimni virtual holatda kiyib ko‘rishi mumkin.

“Fusar Technologies” tomonidan ishlab chiqarilgan mototsikl shlemida video yozish va ovoz orqali boshqarish funksiyalariga ega displeyli tizim o‘rnatilgan. Hattoki suv ostida suzish uchun niqoblarga suv ostida bo‘lish vaqti, chuqurlik, suv haroratini ko‘rsatib turuvchi displeylar o‘rnatilmoqda.

Neyrokompyuter interfeyslari

Parvoz tizimlari dinamikasi instituti va Berlin texnologiya instituti olimlari uchuvchini richag va shturvalga qo‘l tegizmasdan samolyotni boshqarish texnikasini ishlab chiqishdi.

Klivlenddagi “Case Western Reserve University” va Shvetsiyadagi Chalmers universiteti olimlari 

Ogayo shtatilik olimlar esa falaj insonga miyasi orqali qo‘llarini harakatlantirishiga yordam berishdi. Ular uning miyasiga kompyuter chipi o‘rnatishdi va u orqali yelka va qo‘lga miya bergan buyruqni neyron “ko‘prik” yordamida elektr signali sifatida yetkazishdi. Falaj inson miyasi orqali qo‘lini harakatlantirdi.

Ekzoskeletlar

Amerikalik harbiylar “TALOS” deb nomlanuvchi kostyumni namoyish etishdi. Bu kostyum egasini o‘qlardan saqlaydi, og‘ir buyumlarni ko‘tarish imkonini beradi. 

“Daewoo Shipbuilding and Marine Engineering” kemasozlik kompaniyasi ishchilari ekzoskeletlar yordamida og‘ir buyumlarni tashishmoqda. Bunday ekzoskeletlar Massachusets texnologiya instituta olimlari tomonidan ham yaratilgan bo‘lib, ishchilar og‘ir yuklarni mashina yordamisiz ko‘tarishmoqda.

Faollikni qayd etuvchi qurilmalar 

Fitnes-brasletlar bozorda o‘z o‘rnini egallamoqda. “Basic Peak”, “FitBit”, “Garmin”, “Jawbone”, “Microsoft”, “Fitbit Flash” — bu ro‘yxatni yana davom ettirish mumkin.

Olimlar tarixda ilk marta odamlar kun davomida qanday ishlarni bajarishlari haqida aniq ma'lumot olish imkoniga ega bo‘ldilar. Odamlar qanday harakatlanishadi, qancha uxlashadi, turishadi, yotishadi – bularning bari haqida aniq bilish mumkin.

Termoyadroviy sintez 

“ Lockheed Martin” kompaniyasi olimlari mashina yukxonasiga sig‘adigan, lekin 100 megavatt elektr energiyasi bera oladigan reaktorni yarata olishlarini e'lon qilishdi.

Suzuvchi binolar

O‘tgan yili suzib yuruvchi plyajlar, suzuvchi yadro stansiyalari, suvosti shaharlari paydo bo‘ldi.

Niderlandiyadagi “Waterstudio” arxitektura firmasi bu borada yetakchi. Kompaniya suzib yuruvchi uylar, mehmonxona, hattoki tabiat qo‘riqxonasi loyihasini ham ishlab chiqqan.