2016 yilda qaysi kompaniyaning imkoniyati qanday bo‘ladi?

  • 04:53 / 07.12.2015
  • 15037

2016 yil ko‘plab kompaniyalar uchun muhim ahamiyat kasb etishi mumkin. “Bloomberg Intelligence” mutaxassislari kelasi yili qaysi kompaniyalar qanday imkoniyatlarga ega ekanligini tahlil qilib chiqishdi.

1. “Apple”

Kutilayotgan savdo hajmining o‘sishi: 27,6%

Aksiyalar daromadining kutilayotgan o‘sishi: 41,6%

Aktivlarning umumiy qiymati: 273,15 mlrd dollar

O‘tgan 12 oydagi savdo hajmi: 224,34 mlrd dollar

Yillik sarhisob bo‘yicha umumiy daromad: 26,4%

“Apple”ning eng mashhur mahsuloti “iPhone” hozirda eng yuqori cho‘qqiga yetib keldi va barcha yirik bozorlarda pasayish yuz berishi kutilmoqda. Kompaniya o‘sishdan to‘xtab qolmasligi uchun yangi sohalarda olg‘a siljish qilishi kerak. Ehtimoliy yo‘nalishlardan biri “Apple Watch” kabi qurilmalar ishlab chiqarishdir.

2. “Cisco”

Kutilayotgan savdo hajmining o‘sishi: -3,9%

Aksiyalar daromadining kutilayotgan o‘sishi: 4,2%

Aktivlarning umumiy qiymati: 113,48 mlrd dollar

O‘tgan 12 oydagi savdo hajmi: 49,16 mlrd dollar

Yillik sarhisob bo‘yicha umumiy daromad: 6,8%

Yirik o‘lchamdagi ma'lumotlarni qayta ishlaydigan “Facebook” va “Amazon” kabi kompaniyalar arzon marshrutizator va kommutatorlar uchun Osiyoga buyurtma berishmoqda. Bu esa tarmoq qurilmalarini ishlab chiqarishda yetakchi bo‘lgan “Cisco”ni dasturiy ta'minot yo‘nalishida ham harakat qilishga majbur etadi.

3. “Deutsche Bank”

Kutilayotgan savdo hajmining o‘sishi: 10,4%

Aksiyalar daromadining kutilayotgan o‘sishi: 7,7%

Aktivlarning umumiy qiymati: 1889,51 mlrd dollar

O‘tgan 12 oydagi savdo hajmi: 57,75 mlrd dollar

Yillik sarhisob bo‘yicha umumiy daromad: 0,1%

Nemis banki yuridik muammolarni boshidan kechirmoqda. Bank kredit inqirozi boshlangunga qadar sotib yuborgan ipoteka qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha investorlar tomonidan jamoaviy da'vo ishi qo‘zg‘atilgan va AQSh yustitsiya vazirligi tekshiruv ishlarini o‘tkazmoqda.

4. “Disney”

Kutilayotgan savdo hajmining o‘sishi: 7,5%

Aksiyalar daromadining kutilayotgan o‘sishi: 17,2%

Aktivlarning umumiy qiymati: 87,37 mlrd dollar

O‘tgan 12 oydagi savdo hajmi: 51,34 mlrd dollar

Yillik sarhisob bo‘yicha umumiy daromad: 16,9%

AQShda pullik kabelli tv sanoati asta-sekin pasayishga yuz tutmoqda: iste'molchilar borgan sari OTT texnologiyasi asosida ishlaydigan “Netflix” va “Hulu” servislarini tanlashmoqda. Kabel tarmoqlaridan faol foydalanuvchi “Disney” tomoshabinlari uchun yangi yo‘llarni izlashiga to‘g‘ri keladi.

5. “Facebook”

Kutilayotgan savdo hajmining o‘sishi: 37,8%

Aksiyalar daromadining kutilayotgan o‘sishi: 16,9%

Aktivlarning umumiy qiymati: 44,13 mlrd dollar

O‘tgan 12 oydagi savdo hajmi: 14,64 mlrd dollar

Yillik sarhisob bo‘yicha umumiy daromad: 24,6%

“Facebook” tez o‘sib borayotgan mobil reklama bozorida ancha yaxshi maqomga ega.

6. “Goldman Sachs”

Kutilayotgan savdo hajmining o‘sishi: 4,8%

Aksiyalar daromadining kutilayotgan o‘sishi: 7,4%

Aktivlarning umumiy qiymati: 859,88 mlrd dollar

O‘tgan 12 oydagi savdo hajmi: 40,85 mlrd dollar

Yillik sarhisob bo‘yicha umumiy daromad: 3,2%

Investorlar faol boshqariladigan fondlarni tark etishmoqda va investitsiya banki birja fondlariga murojaat qilishga majbur.

7. “Hewlett Packard”

Kutilayotgan savdo hajmining o‘sishi: -6,6%

Aksiyalar daromadining kutilayotgan o‘sishi: -3,1%

Aktivlarning umumiy qiymati: 107,03 mlrd dollar

O‘tgan 12 oydagi savdo hajmi: 106,05 mlrd dollar

Yillik sarhisob bo‘yicha umumiy daromad: -23,6%

Kompaniyaning bulutli xizmatlarga qiziqishi “NR”ning asosiy biznesi bo‘lgan IT-infrastrukturasidagi o‘rniga zarar yetkazishi mumkin.

8. “Honda Motor”

Kutilayotgan savdo hajmining o‘sishi: 15,4%

Aksiyalar daromadining kutilayotgan o‘sishi: 15,2%

Aktivlarning umumiy qiymati: 154,75 mlrd dollar

O‘tgan 12 oydagi savdo hajmi: 117,01 mlrd dollar

Yillik sarhisob bo‘yicha umumiy daromad: 2,7%

Yapon avtoishlabchiqaruvchisi Xitoydagi o‘rni uchun kurashda yutqazmoqda.

9. “Intime Retail”

Kutilayotgan savdo hajmining o‘sishi: 6,8%

Aksiyalar daromadining kutilayotgan o‘sishi: -19,4%

Aktivlarning umumiy qiymati: 4,41 mlrd dollar

O‘tgan 12 oydagi savdo hajmi: 962,4 mlrd dollar

Yillik sarhisob bo‘yicha umumiy daromad: 25,1%

Elektron tijorat nahangi bo‘lgan “Alibaba” Xitoydagi obro‘li supermarketlar tarmog‘ini 2014 yilda sotib olgan va 2017 yilning o‘rtalariga kelib undagi ulushini 26 foizga yetkazmoqchi.

10. “Microsoft”

Kutilayotgan savdo hajmining o‘sishi: -1,8%

Aksiyalar daromadining kutilayotgan o‘sishi: 2,6%

Aktivlarning umumiy qiymati: 176,22 mlrd dollar

O‘tgan 12 oydagi savdo hajmi: 93,58 mlrd dollar

Yillik sarhisob bo‘yicha umumiy daromad: -2,3%

“Microsoft” yangi “Windows 10” operatsion tizimi kompaniyaga mobil qurilmalar bozorida o‘z o‘rnini egallashiga yordam berishiga umid qilmoqda. “Windows” kompyuterlari uchun yozilgan ilovalar endilikda smartfon va planshetlarda ham ishlaydi.

11. “Mitsubishi UFJ”

Kutilayotgan savdo hajmining o‘sishi: 1,5%

Aksiyalar daromadining kutilayotgan o‘sishi: 6,1%

Aktivlarning umumiy qiymati: 2333,7 mlrd dollar

O‘tgan 12 oydagi savdo hajmi: 49,6 mlrd dollar

Yillik sarhisob bo‘yicha umumiy daromad: 23,5%

Yaponiyalik eksportchilar Tokio bankiga ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun kredit so‘rab murojaat qilishdi — kuchsiz iyena ularning mahsulotiga bo‘lgan talabni oshirib yubordi.

12. “Pfizer”

Kutilayotgan savdo hajmining o‘sishi: -3,8%

Aksiyalar daromadining kutilayotgan o‘sishi: -7,3%

Aktivlarning umumiy qiymati: 160,88 mlrd dollar

O‘tgan 12 oydagi savdo hajmi: 48,2 mlrd dollar

Yillik sarhisob bo‘yicha umumiy daromad: 14,6%

2014 yilda 10 milliard dollarlik “Pfizer” dorilari sotilgan. Lekin kelasi yili unga jyenerik preparatlari raqobatchi bo‘lishi mumkin. 2016 yilda savdo hajmi tushib ketmasligi uchun kompaniya yangi mahsulotlar ishlab chiqarishni rejalashtirgan.

13. “Royal Dutch Shell”

Kutilayotgan savdo hajmining o‘sishi: -35,8%

Aksiyalar daromadining kutilayotgan o‘sishi: -43,6%

Aktivlarning umumiy qiymati: 356,33 mlrd dollar

O‘tgan 12 oydagi savdo hajmi: 338,33 mlrd dollar

Yillik sarhisob bo‘yicha umumiy daromad: -27,7%

Neft narxining tushib ketishi va daromadning keskin pasayishi oqibatida zarar ko‘rgan “Shell” so‘nggi nuqtaga yetib keldi va endi yana yuqoriga intilishi mumkin. Tahlilchilar uning aksiyalarini sotib olishni tavsiya etishmoqda.

14. “Samsung”

Kutilayotgan savdo hajmining o‘sishi: -3,3%

Aksiyalar daromadining kutilayotgan o‘sishi: 13,9%

Aktivlarning umumiy qiymati: neizvestna

O‘tgan 12 oydagi savdo hajmi: 179,11 mlrd dollar

Yillik sarhisob bo‘yicha umumiy daromad: -5%

Mazkur kompaniyada yetakchilik uchun kurash boshlanmoqda. Kompaniyaning yangi rahbarligiga asosiy da'vogar boshqaruvchining to‘ng‘ich o‘g‘li Li Chje Yen. Li o‘z hukmronligini mustahkamlash uchun bo‘linmalarni birlashtirish siyosatini o‘tkazgan. Uning navbatdagi qadami “Samsung Electronics”ni “Samsung SDS” bilan birlashtirish bo‘lishi mumkin.

15. “Tesla”

Kutilayotgan savdo hajmining o‘sishi: 52%

Aksiyalar daromadining kutilayotgan o‘sishi: neizvestno

Aktivlarning umumiy qiymati: 6,47 mlrd dollar

O‘tgan 12 oydagi savdo hajmi: 3,7 mlrd dollar

Yillik sarhisob bo‘yicha umumiy daromad: -0,1%

“Tesla” 2019 yilga kelib o‘zi mo‘ljal qilgan 50 minta avtomobilni sotishi uchun kelgusi besh yil davomida har yili savdo hajmi o‘sishini 57 foizga yetkazishi lozim.

Teglar