2018 yilda qancha o‘zbekistonlik chet elga borgani ma'lum bo‘ldi

  • 09:44 / 02.03.2019
  • 2318

2018 yilda 14 millionga yaqin O‘zbekiston fuqarosi chet elga borgan. Bu haqda Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Farrux Dadaxo‘jayev ma'lum qildi.

«Chet davlatlarga chiqayotgan fuqarolarimiz soni yildan yilga keskin oshib bormoqda. Xususan, 2016 yilda 5 million 310 ming nafar, 2017 yilda 6 million 823 ming nafar va 2018 yilda 13 million 838 ming fuqaro xorijga chiqqan»​, — deydi u.

Dadaxo‘jayevning ta'kidlashicha, ularning aksariyati, Qozog‘iston, Rossiya, Turkiya, Janubiy Koreya, Xitoy va boshqa davlatlarga borishgan.

Ma'lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 avgustdagi farmonida 2021 yilning 1 yanvariga qadar O‘zbekiston fuqarolariga kirish vizalarini rasmiylashtirish talab etilmaydigan davlatlarga 2011 yilgi namunadagi biometrik pasport bilan chiqish mumkinligi belgilangan.

Shuningdek, muddati o‘tmagan xorijga chiqish ruxsatini beruvchi stiker yopishtirilgan 2011 yilgi namunadagi biometrik pasport egalari ham 2021 yilga qadar chet elga chiqishi mumkin.

Teglar