2018 yilgi Qishki Olimpiada mehmonlari uchun mitti uychalar

  • 10:04 / 24.11.2016
  • 10429

Janubiy Koreya 2018 yil Chxunchxon shahrida bo‘lib o‘tadigan Qishki Olimpiada o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rishni boshlab yubordi. Tabiiyki, olimpiada boshlanishi bilan shaharga tashrif buyuruvchi mehmonlar va sport ishqibozlari soni ortadi. The Tiny House of Slow Town loyihasi ko‘plab mehmonlarni musobaqalar vaqtda boshpana bilan ta'minlashga qaratilgan.

Loyiha juda kam miqdordagi materiallardan foydalangan holda ekologik toza mittigina uychalarni qurishga qaratilgan. Har bir uy 19,8 kv. metr maydonni egallaydi. Olimpiada bo‘lib o‘tadigan hudud — Janubiy Koreyadagi eng toza va tegilmagan yerlardan biri hisoblanadi. Shu sababli uni sof tozaligicha saqlashga urinishmoqda.

 

Loyiha esa juda ham ko‘rkam va shinamligi bilan mehmonlarga manzur bo‘lishi aniq.

 

Teglar