2019-yilda necha marta oliy darajadagi tashriflar amalga oshirildi?

  • 17:17 / 29.12.2019
  • 301

Foto : Prezident Matbuot xizmati

Tashqi ishlar vazirligi 2019-yilda O‘zbekistonda necha marta oliy darajadagi tashriflar amalga oshirilganini ochiqladi. Xabarda aytilishicha, oliy darajadagi tadbirlar doirasida 122 ta ikki tomonlama hujjatlar imzolangan.

“2019-yilda 18 ta oliy darajadagi tashrif amalga oshirildi. Bular – Prezident Shavkat Mirziyoyevning Hindiston, Germaniya, Birlashgan Arab Amirliklari, Xitoy, Markaziy Osiyo mamlakatlari, Belarus, Ozarbayjon, Yaponiya va Rossiya Federatsiyaga amalga oshirgan davlat va rasmiy tashriflaridir. 

Ayni paytda, Markaziy Osiyo mamlakatlari, Koreya Respublikasi, Germaniya davlat rahbarlari, Yevropa Ittifoqi rahbari, shuningdek, Shanhay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo mamlakatlar hukumat rahbarlari mamlakatimizga tashrif buyurdilar.

Oliy va yuqori darajadagi tadbirlar doirasida 122 ta ikki tomonlama hujjat imzolanib, ulardan to‘rttasi davlatlararo bitim, 31 tasi hukumatlararo bitim, shuningdek, 35 tasi tashkilotlar va mintaqalar orasida imzolangan boshqa hujjatlardir”, deyiladi TIVning xabarida.