2019-yilning oxirgi haftasida onlayn auksion orqali 4 milliard so‘mlik avtoraqamlar sotildi

  • 17:47 / 03.01.2020
  • 336

2019-yilning 23–29-dekabrlarida “O‘zRTXB” AJ barcha savdo platformalarida 948,0 mlrd so‘mlik bitimlar tuzildi. Kichik biznes va tadbirkorlik sub’yektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 452,7 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Shu jumladan birja savdolarining hajmi 812,4 mlrd so‘mni tashkil etdi. Valyuta savdo maydonchasi orqali 760,3 ming AQSh dollarlik 3000 tonna neft mahsulotlari sotildi.

Ko‘rgazma-yarmarka savdolarning haftalik hajmi 48,6 mlrd so‘mni, kichik biznes subyektlari tomonidan amalga oshirilgan xaridlar esa 8,9 mlrd so‘mni yoki tuzilgan bitimlarning 18,4 foizni tashkil etdi.

O‘tgan haftada davlat xaridlari bo‘yicha xarid.uz maxsus axborot portalida tuzilgan bitimlarning hajmi 83,0 mlrd so‘mga teng bo‘ldi. Byudjet va korporativ buyurtmachilarning pul mablag‘ini tejalishi 17,0 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 839 ta avtomobil raqamlari sotildi. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 4,0 mlrd so‘mni tashkil qildi. Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 21,5 foiz birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 50,1 foiz ikkinchi va 28,5 foiz uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishlidir.