2020-yilda iPad’ning qay birini tanlagan ma’qul? Munosibini tanlaymiz

  • 02:50 / 24.05.2020
  • 143

San-Fransiskodagi ko‘rgazmada Apple korporatsiyasi o‘zining  iPad  planshetlarini ilk bor namoyish qilganidan buyon oradan bir pasda o‘n yil o‘tib ketibdi. Dastlab ishonchsiz, faqat o‘qishda va veb-serfing “o‘yinchog‘I” sifatida foydalanish mumkin, deb hisoblangan bu gadjet hozirda juda ko‘p qulayliklarga ega bo‘lganki, ayrim hollarda ustunlikka ham ega. Va har safar uning yangi avlodi paydo bo‘lar ekan – yengilligi va qulayliklari bilan ko‘zni quvontiradi.  iPad o‘z foydalanuvchilarining kundalik hayotiga ish quroli sifatida mustahkam va chuqurroq kirib bormoqdaki, hatto shaxsiy kompyuterlarning o‘rnini bosmoqda.   
Hozir planshetlar bozorida ham sokinlik. Har bir mavsumda ko‘plab “tob”, “pad” va boshqalari chiqariladiki, ular na tashqi ko‘rinishidan, na xarakteristikasiga ko‘ra bir-biridan deyarli farq qilmaydi. Yangiliklar ko‘proq kosmetik ko‘rinishga ega.   

Apple dan yangilik 
Bir xillikning bu dengizida Apple turg‘unlashib qolmaslikka, sifat jihatdan ham, xarid imkoniyati tarafidan ham qulay mahsulotlar ishlab chiqarishga intilmoqda. Shtat tahlilchilarining hisobotlariga ko‘ra bir necha yangi loyiha ishlab chiqarishga tayyorlanmoqda. Ulardan biri harakatlanuvchi klaviaturali MacBook bo‘lib, iPhone SE 2, va iPad  “sakkiztaligi”dan kam farq qiladi  va bu safar “uchish uzoqligini nazorat qiluvchi” funksiyasiga ega.   
Mulohaza uchun!
Bu yangilikni 2020 yil boshida bozorga chiqarish mo‘ljallangan edi. Biroq, foydalanuvchilar hozircha uning suratlari hamda tahlilchilarning fikrlari bilan kifoyalanib turishlariga to‘g‘ri keladi.  
Yangi iPad’ga o‘rnatilgan 3D-uzatkichi kamera oldidagi maydonni skayner qiladi, har bir predmet va fokus oralig‘idagi masofani hisoblaydi, predmetning aniq va tabiiy ko‘rinishi aks etishini ta’minlaydi.  Ilk bor suyuq kristall polimerdan tayyorlangan “yumshoq LSD-plata” o‘rnatiladi. Bu esa moslashmaydigan pechat platalarini aylanib o‘tish imkonini yaratadi. Yangi iPad, xuddi  iPhone 11 singari uch obyektivli  kameraga ega.  

iPad Pro 11 

Planshetlar qatorida eng mashhuri va eng ommabopi iPad Pro 11 bo‘lib qolmoqda. Uncha og‘ir emas, yarim kilogrammdan oshmaydi, biroq zamonaviy noutbuk, grafik (uni professional rassom va dizaynerlar, ijodkorlar juda qadrlashadi) va mobil planshetlarning barcha funksiyalariga ega:
1668 ga 2388 pikselli ekran shu darajada aniq va yorqin tasvirlarni beradiki, haqiqiy hayot uning oldida biroz bo‘g‘iq ranglarda qolgandek tuyuladi.  
A12X Bionic protsessori zamonaviy texnikaga mos ravishda eng yuqori darajadagi ishlab chiqarishni va barqaror ishlashni ta’minlaydi.   
Uncha katta bo‘lmagan, va hatto ahamiyatsiz nuqson, deb aytish mumkin.

iPad Pro 12.9 

Biroz yangi, og‘irroq, kuchliroq – iPad Pro 12.9. O‘xshash tavsiflardan tashqari katta ekranli va hisob amallari ham kuchaytirilgan. Oldingi avlodlaridan biroz qimmatroq, kamchiliklari esa o‘sha-o‘sha.  Shunday bo‘lsada,  savdo rastalaridan joy egallagan gadjetlar orasida 2019-yilning eng yaxshi plansheti, deb tan olingan va shu holatini kamida 2020-yilning o‘rtalarigacha saqlab tura oladi.   

iPad Pro 10.5 

Planshetni o‘z kasbi nuqtai nazaridan ishlatadiganlar iPad Pro 10.5’ga e’tibor qaratishgani ma’qul.  O‘z turkumiga ko‘ra eng qulay,  Smart Keyboard klaviaturasi va stilus o‘rnatilgan. Ma’lum foydalanuvchilar uchun noutbukning o‘rnini bosa oladi, narxi ham qimmat emas.  Agar kamchilik, deb aytish mumkin bo‘lsa:
Ekrani sezilarli darajada kichraytirilgan;
flesh-karta bilan ishlashda murakkabliklar mavjud (bu jihat Apple kompaniyasiga hos).

iPad 10.2 va iPad Air 

Narxi o‘rtacha bo‘lishini istagan va uni ish yuzasidan qo‘llamaydigan xaridorlar uchun 2019-yilda ishlab chiqarilgan iPad 10.2 va iPad Air juda ham mos keladi.  Birinchisi juda ham qulay va juda chiroyli, ikkinchisi – Pro turkumi funksiyalari va  iPad’ning standart narxi orasidagi eng qulay kompromis sanaladi.    
Har ikkalasiga ham:
Smart Keyboard klaviaturasining firma g‘ilofi;
Apple Pencil ning 1- avlodga mansub stilus o‘rnatilgan.
Ko‘plab foydalanuvchilarning fikriga ko‘ra, rasm chizish uchun aynan Air nisbatan qulay hisoblanadi. Sotuvga chiqarilgan planshetlar orasida ham xaridorlar uni afzal bilishmoqda.   

iPad Mini 2019

Mini turkumiga alohida e’tibor berish lozim. Uning qatori o‘tgan yil yangi  iPad Mini 2019 bilan to‘ldirildi.  Nomlanishi o‘ziga hos emas, albatta. Biroq, oldingilaridek, ergonomik, qo‘lda juda ham qulay turadi, o‘qish, nimanidir yozish yoki shunchaki, o‘yinlar uchun juda ham qulay.   
Mulohaza uchun!
2019-yilgi modelning kamchiligi shundaki, dizayni keyingi bir necha yil ichida o‘zgarmagan.  
Uning na klaviaturasi, na yangi avlodga mansub stiluslari bor. Shunchaki, kundalik mayda ishlarga mo‘ljallangan kichkinagina planshet.   
Yangi planshet tanlar ekansiz, hayajon va hayratlaringizdan emas, shaxsiy imkoniyatlaringizdan kelib chiqing. Undan ish uchun foydalanasizmi yoki selfi paytida atrofdagilardan uyalmaslik uchun ajoyib aksessuar sifatida ko‘z-ko‘zlaysizmi? 

Mini aypad 2019 

Gadjetning ko‘p funksiyali ekanligi va undan unumli foydalanish muhimmi yoki qachon ishlatishlarini kutganicha o‘z egasining sumkasida turgani ma’qulmi? Ko‘rinishidan oddiy ko‘ringan mana savollarga aniq javob berilgandan keyingina siz uchun qaysi gadjet foydali ekanligini aniqlab olish mumkin. Ana shunda u sizga uzoq muddat yoki iPad ning yangi avlodi chiqmagunicha samarali xizmat qiladi.   

Navfalbek Boltayev tayyorladi