2020-yilda biznesda muvaffaqiyatga erishish uchun Ilon Maskdan 5 maslahat  

  • 13:27 / 13.02.2020
  • 1037

Siz Ilon Maskni yaxshi bilasiz, hech bo‘lmaganda u haqda eshitgandirsiz. Amerikalik tadbirkor, filantrop, novator Ilon Maskning muvaffaqiyatlari allaqachonlardan beri tillarda doston bo‘lmoqda. U SpaceX va Tesla kompaniyalarining asoschisi. Aytishiga qaraganda, ko‘zlagan maqsadiga yetishishida tinimsiz mehnat va istiqbolni taxmin qila olishi asos bo‘lgan va bo‘lmoqda. Mask 2020-yilda biznes talablari va so‘rovlari boshqacha bo‘lishini aytdi. U rasmiy tadbirlardan birida o‘z shaxsiy ishini boshlash ostonasida turgan kishilarga muvaffaqiyatga erishish yo‘lida bir qancha maslahatlar bergan.  

Og‘riqlarga bardosh berishni o‘rganing va kuchaytiring
Muvaffaqiyatga erishish o‘z-o‘zingni yenga olishing bilan bog‘liq. Bu hamma jihatdan, hatto jismoniy noqulaylik paydo qiladi. 
“Mening ayrim tanishlarim kompaniya tashkil qilish – xuddi shishaga o‘xshaydi, birpasda jarlikka qulab tushishi mumkin, deydi. Siz dastlabki 2-3 yillikda juda qiynalasiz. Foydalanuvchilar va jarayonlarda muammolar paydo bo‘ladi va shu tariqa atrofingiz muammolar bilan to‘lib toshadi”.   

Mashaqqatlarga tayyorlaning  
“Men tadbirkorlarni soni oshib borayotganini va ular ajoyib kompaniyalarga asos solayotganlarini ko‘ryapman. Shu bilan birgalikda ular uzoq muddatli qiyinchiliklarga, mashaqqatlarga ham tayyor bo‘lishlari lozim. Cho‘qqiga chiqish hech qachon oson bo‘lgan emas”.

E’tiboringizni mijozlarga qarating 
“Ko‘pchilik benuqson mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat sohasini yaratish bilan birga ishlab chiqarishni ham mijozlarni e’tibor markazida ushlab turishga intiladi. Men esa foydalanuvchilarning talablariga qarab yo‘nalish oling, deya maslahat bergan bo‘lardim. Chunki, aynan ular sizning muvaffaqiyatingizni istashadi va ta’minlaydi.  

Biznes – g‘oyani energetika sohasidan izlang  
“Bizning kelajagimiz muqobil energiya turlarini qay darajada rivojlantira olishimizga ham bog‘liq. Bu sohada ajoyib g‘oyalarni amaliyotga kiritish mumkin.  Havo orqali harakatlarni elektrlashtirish borasida jiddiy bosh qotirsa bo‘ladi, deb o‘ylayman.  

Sun’iy intellektga urg‘u bering
“Endilikda biz inson miyasi neyro aloqa orqali kompyuter tizimlari va mashinalarning davomi bo‘lishi ehtimoli ostonasida turibmiz. Ya’ni, sizga axborotlarni eslab qolish shart emas, fikr kuchi bilan kompyuterga buyruq berasiz. Bu esa tez orada ma’lumotli va ma’lumotsiz odamlarni o‘zaro ajratib turuvchi yorqin chegaraning yo‘qolishiga olib keladi. Qolaversa, bu turdagi neyron tizimlarga mo‘ljallangan o‘tkazgichlar bilan shug‘ullanuvchi loyihalar tez orada ko‘pgina tibbiy masalalarni ham hal qilishga kirishadi: Alsgeymer va Parkinson kasalliklari bilan og‘ruvchi insonlar hayotini yengillashtiradi.  

Teglar