2020-yildan barcha ishlovchi pensionerlar to‘liq pensiya olishi mumkin

  • 13:00 / 05.12.2019
  • 2126

2020-yilning 1-yanvaridan boshlab barcha ishlovchi pensionerlar lavozimi va unvonlaridan qat’iy nazar to‘liq pensiya olishi mumkin. 

“O‘zbekiston Prezidentining “Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimi samaradorligini oshirish va pensionerlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 12-dekabrdagi farmoniga o‘zgartirishlar kiritish haqida“gi farmoni loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida e’lon qilindi.

Unga ko‘ra 1-band quyidagicha tahrir qilinadi:

• 2019-yil 1-yanvardan boshlab barcha ishlovchi pensionerlarga, 2020-yil 1-yanvardan boshlab Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya va Davlat bojxona qo‘mitasining pensiya olish huquqini beradigan xizmat muddatini o‘tab, xizmatdan bo‘shatilgan hamda yoshga doir pensiya oluvchi pensionerlari shahodatlangan lavozimlar hisobidan xizmatga qayta qabul qilingan taqdirda ularga pensiyalar to‘liq miqdorda to‘lanadi.