2021-yilgi Chempionlar ligasi finali Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tadi

  • 00:45 / 25.09.2019
  • 483

2021-yilda Sankt-Peterburgning Krestovskiy orolidagi stadionda futbol bo‘yicha Chempionlar ligasi final uchrashuvi o‘tkaziladi. Bu haqida Lyublyanadagi Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi ijroiya qo‘mitasi xabar berdi.

Chempionlar Ligasi finali Rossiya tarixida ikkinchi marotaba bo‘lib o‘tadi. 2008-yilda Angliyaning “Manchester Yunayted” va “Chelsi” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv Moskvadagi “Lujniki” stadionida bo‘lib o‘tgandi va penaltilar seriyasida “Manchester Yunayted”ning qo‘li baland kelgandi.

Ma’lum bo‘lishicha, Myunxenning “Bavariya” klubi uy stadioni ham Chempionlar ligasining 2021-yildagi final o‘yinlari mezbonligi uchun da’vogarlik qilgan.

Shuningdek, 2020-yilda Sankt-Peterburg arenasida B guruhining uchta o‘yini va Yevropa chempionatining chorak final uchrashuvlari ham bo‘lib o‘tadi.