2021 yilning 1-choragida 60 mingga yaqin nikoh, 9 mingdan ortiq ajrim qayd etildi – Davstatqo‘m

  • 10:40 / 07.04.2021
  • 81

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2021-yilning yanvar-mart oylari holatiga 59 754 ta nikoh holatlari qayd etilgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 10 243 taga ko‘p. 

Hududlar kesimida tuzilgan nikohlar soni eng ko‘p Samarqand (6 723 ta), Farg‘ona (5 900 ta) hamda Toshkent (5 459 ta) viloyatlarida kuzatilgan.

Shuningdek, 2021 yilning 1-choragida respublika bo‘yicha 9 213 ta ajrim holatlari qayd etilgan. 

2021-yilning yanvar-mart holatiga hududlar kesimida qayd etilgan ajrimlar soni eng ko‘p Toshkent shahri (1 331 ta) hamda Farg‘ona (999 ta) va Andijon (995 ta) viloyatlarida qayd etilgan.