$
12736.48 UZS
-21.17
137.60 UZS
-0.45
14193.53 UZS
-74.63
25° Kechasi 10°

Shveysariya sudi Gulnora Karimovaga aloqador ish bo‘yicha hukm chiqardi

00:22 / 24.12.2021

Shveysariya sudi Gulnora Karimovaga aloqador ish bo‘yicha hukm chiqardi.
Federal Jinoyat sudi Gulnora Karimovaga aloqador shirkatga tegishli 293 million AQSh dollardan ortiq mablag‘ni musodara qilishga qaror qildi. Bu haqida Swissinfo nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Karimovaga tegishli bo‘lgan Takilant nomli shirkat jinoiy tergov ostidagi 5 ta Shveysariya bank hisoblaridan ikkitasiga aloqador edi. Kompaniyadan musodara qilingan umumiy summa 350 million AQSh dollardan ortiqni tashkil qilgan.
Sud bu summaning katta qismi musodara qilinishi kerak degan xulosaga keldi, chunki ayblanuvchilarning bir qismi, jumladan, Karimova va uning yordamchisi jinoiy pul yuvishda aybdor deb topilgan. Biroq Takilant’ga taxminan 70 million AQSh dollar qaytariladi.

"Buning sababi, bir nechta kompaniyalar bilan bog‘liq bo‘lgan ushbu aktivlarning barchasi jinoyat natijasida qo‘lga kiritilgani aniqlanmagan”,— deyiladi Federal Jinoyat sudi e’lon qilgan bayonotda.
Yozilishicha, mablag‘ musodara qilinganiga qaramay, Karimovaning advokatlari sud qarorini o‘ziga xos g‘alaba sifatida baholamoqda. 

“Jinoyat ishlari bo‘yicha Federal sudning bu qarori, birinchi navbatda, OAG mijozimizning O‘zbekistonda bir necha yil o‘zboshimchalik bilan xibsga olinishidan foydalanib, uning barcha mol-mulkini musodara qila olmagani bilan bog‘liq”, — deydi Karimovaning advokati Greguar Mangeat.

Ma’lumot uchun, sud hukmi bilan Gulnora Karimovaga 13 yil 4 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Mahkuma jazo muddatini O‘zbekistonda o‘tamoqda.


Bu ham qiziq

Rossiya rasmiylari maktabda rusiyzabon o‘quvchi kaltaklangani bo‘yicha O‘zbekistondan tushuntirish so‘radi

Rossiya rasmiylari maktabda rusiyzabon o‘quvchi kaltaklangani bo‘yicha O‘zbekistondan tushuntirish so‘radi

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova O‘zbekistondan tushuntirish so‘ralganini ma’lum qildi.
11:18 / 26.09.2024
Komillikning qirq qoidasi

Komillikning qirq qoidasi

◾️Do‘stlaringizga va ehtiyojmandlarga minnatsiz yordam qiling.
11:25 / 25.09.2024
Mang‘istau–Nukus yo‘lovchi poyezdida yong‘in chiqdi

Mang‘istau–Nukus yo‘lovchi poyezdida yong‘in chiqdi

Xabarda aytilishicha, hozirda lokomotiv ta’mirlanib, foydalanishga tayyor holatda.
09:39 / 25.09.2024
Prezident OIIB boshqaruvchilarining yillik uchrashuvi ochilishida ishtirok etdi

Prezident OIIB boshqaruvchilarining yillik uchrashuvi ochilishida ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25-sentabr kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo infratuzil…
17:47 / 25.09.2024
Isroil Livanda quruqlik operatsiyasini o‘tkazishini ma’lum qildi

Isroil Livanda quruqlik operatsiyasini o‘tkazishini ma’lum qildi

Isroil mudofaa kuchlari Livanning “Hizbulloh” guruhiga qarshi quruqlikdagi operatsiyani tayyorlamoqda.
12:51 / 26.09.2024
Zelenskiy Rossiya bilan muzokara tuzishning iloji yo‘qligini aytdi

Zelenskiy Rossiya bilan muzokara tuzishning iloji yo‘qligini aytdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan mojaroni muzokaralar yo‘li bilan hal qilishning iloji yo‘qligini aytdi.
11:01 / 25.09.2024
Qo‘ng‘irotda 2 222 litr dizel yoqilg‘isini talon-toroj qilinishining oldi olindi

Qo‘ng‘irotda 2 222 litr dizel yoqilg‘isini talon-toroj qilinishining oldi olindi

Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
16:07 / 26.09.2024
Rus tilini bilmaydiganlarga  Rossiya fuqaroligi berilmaydi

Rus tilini bilmaydiganlarga Rossiya fuqaroligi berilmaydi

“Rus tilini bilmaydigan, lekin ayni paytda tegishli sertifikatlarga ega bo‘lgan xorijliklar migratsiya maqomi va Rossiya fuq…
17:24 / 26.09.2024
Yangi temir yo‘l qurish loyihalari amalga oshiriladi

Yangi temir yo‘l qurish loyihalari amalga oshiriladi

O‘zbekistonda energetika, suv, transport, IT va boshqa infratuzilmalarni yaxshilash uchun yillik ehtiyoj yalpi ichki mahsulo…
15:54 / 25.09.2024
O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida bitim tasdiqlandi — Prezident Qarori

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida bitim tasdiqlandi — Prezident Qarori

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’u…
11:25 / 25.09.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!