21 asrning eng yirik qurilish mega-loyihalari

  • 10:04 / 16.07.2016
  • 19368

Yirik transport tizimlari, yo‘llari, bahaybat ko‘priklar, ulkan binolar – bularning bari milliardlab mablag‘ sarflanadigan mega-loyihalar. Biroq ular mamlakat yoki shahar rivojlanishi uchun katta ahamiyat kasb etadi. Bu haqida Fullpicture nashri xabar beradi.

E'tiboringizga 21 asrning eng yirik mega-loyihalarini taqdim etamiz. 


Panama kanalining kengayishi

Panama kanalining kengaytirilishi bo‘yicha ishlar joriy yilda o‘z yakuniga yetadi. Panama kanali  Atlantika okeanini Tinch okeani bilan birlashtiradi.


Uch darali elektrostansiya

Uch dara to‘g‘oni Xitoyda joylashgan bo‘lib, dunyodagi eng yirik elektrostansiya sanaladi. Uning balandligi – 181 metr, kengligi 40 metr, uzunligi esa 2.3 km. Mazkur mega-loyiha 2003 yil o‘z nihoyasiga yetgan.


Aychjay ko‘prigi

Aychjay ko‘prigi Xitoyda amal qilinishi to‘xtatib turilgan ko‘prik hisoblanadi.  Uning umumiy uzunligi  1534 metrdir. Aychjay — dunyodagi eng baland ko‘prik. Uning balandligi 350 metrni tashkil qiladi. Qurilish ishlariga 5 yil vaqt ketgan.  


Marmaray

Marmaray Yevropa va Osiyoni birlashtiruvchi suvosti temir yo‘l liniya sanaladi. Loyihaning umumiy qiymati —  4,5 mlrd dollar. Loyiha 2013 yil tugallangan. 


Butunjahon savdo markazi 1

Qurilishida po‘lat, beton, qum-ohak g‘isht va tonnalab shisha ishlatilingan 104 qavatli binoning loyihasiga 3,8 mlrd dollar sarflangan. 


London ostidagi Krossreyl tunneli

Londondagi Krossreyl  tunnelining qurilish ishlari davom etmoqda.  Loyihaning umumiy qiymati — 23 mlrd dollar. Qurilishga 11 yil vaqt kerak bo‘ladi, loyihaning ishlari 2007 yilda boshlangan.


Rossiya ko‘prigi

Vladivostokda qad rostlagan kabelli ko‘prikning umumiy uzunligi 3100 metrni tashkil etadi. Ko‘prik 2012 yilda ochilgan. Loyihaning umumiy qiymati 1 mlrd dollar.


Jubail Industrial City

Saudiya Arabistoni hanuz kengaytirmagan dunyodagi eng yirik sanoat shahri.  Uning kengaytirish loyihasining qiymati 10 mlrd dollar deb baholangan.


«Yangi asr» global markazi

Agar umumiy maydon 1 700 000 m² hisobga olinmasa Yangi asr dunyodagi eng katta binolardan biri sanaladi.  U o‘z ichiga ko‘plab savdo markazlari, akvapark, kinoteatrlar, universitet va mehmonxonalarni oladi.


Shanxay minorasi

Shanxay minorasi hozirgi kunda dunyo bo‘ylab ikkinchi eng baland osmono‘par bino sanaladi. U 8 yil davomida qurilgan va o‘tgan yili ochilgan.  Loyihaning umumiy qiymati — 2.4 mlrd dollar.

Teglar