22-noyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

  • 19:58 / 21.11.2019
  • 903

TOSHKENT SHAHRI
Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-2 daraja sovuq, kunduzi 0-2 daraja iliq bo‘ladi.

QORAQALPOGʻISTON, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja sovuq bo‘ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, bazi joylarda 8 darajagacha sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq – 3 daraja iliq bo‘ladi. 

TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq – 3 daraja iliq bo‘ladi.

QAShQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq – 2 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOGʻLI HUDUDLARI
Havo o‘zgarib turadi, qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.