23 karra Olimpiada chempioni Maykl Felps qanday yashaydi?

  • 15:14 / 09.09.2016
  • 17492

Suzish turi bo‘yicha Olimpiya o‘yinlarining 23 karra chempioni Maykl Felps Rioda yana bir oltin medalni qo‘lga kiritishdan avval muhim ishni amalga oshirdi  — Arizona shtatidan o‘ziga ko‘chmas mulk sotib oldi. Mazkur ulkan uy uchun suzuvchi 2,5 million dollar to‘ladi. Bu katta mablag‘ evaziga unga maydoni qariyb 600 kvadrat metr bo‘lgan uy nasib etdi. Uyda gol uchun maydon va albatta, basseyn mavjud. Turar joyni sotib olish sportchining karerasi nihoyasiga yetayotgan mahal amalga oshirilgan eng muhim qadam bo‘ldi.  Felps o‘z faoliyatini yaqinidagi universitetda trener sifatida davom ettirishni maqsad qilgan.

Umumiy maydoni 550 kv.m bo‘lgan ko‘chmas mulk o‘z ichiga besh yotoqxona va 7 yuvinish xonasini oladi. 

U tabbiy toshlardan qurilgan, pollar esa yevropa dub daraxtidan olingan paneldan tayyorlangan.

Uyda bir necha mehmonxona va dam olish hududlari mavjud.

Umumiy hisobda, uyda 4ta kaminli xona mavjud bo‘lib, ularga maxsus pech duradgor qaraydi.  

Basseyn ham suzish bo‘yicha 23 karra olimpiya medali sohibiga juda monand.

Uy atrofida tabiiy devor vazifasini o‘tovchi mevali daraxtlar o‘sadi.

Felps o‘zi uchun oq va kulrang jilolar uyg‘unligidagi uslubda hona dizayniga buyurtma bergan. 

Hammom hashamatli uslubdagi qandillar, eritilgan qismlar va tabiiy marmardan tayyorlangan kafeldan qurilgan.

Teglar