23 karra Olimpiya chempioni Felps uylangani ma'lum bo‘ldi

  • 04:25 / 28.10.2016
  • 4472

23 karra Olimpiya chempioni, AQShlik suzuvchi Maykl Felps o‘zining sevgilisi Nikol Jonson bilan ommaga oshkor qilmagan holda to‘y o‘tkazgani ma'lum bo‘ldi.

Felps to‘yi haqidagi xabarni nikoh qurilgani haqidagi hujjatga iqtibos keltirgan holda CNN ma'lum qildi

Ma'lumotlarga ko‘ra, Felps 2016 yil 13 iyunda uylangan. O‘sha kuni Jonson internetga "Unutilmas tun" degan yozuv bilan surat joylashtirgandi.

Juftlik 2015 yildayoq nikohdan o‘tgan, 2016 yil may oyida esa Felps Bumer ismli o‘g‘il farzandlik bo‘lgan. 

Foto: nicole.m.johnson  
Teglar