24 karatli oltin bilan qoplangan birinchi mehmonxona ochildi

  • 15:41 / 07.06.2020
  • 994

Vyetnamda ichi va tashqarisi 24 karatli oltin bilan qoplangan besh yulduzli  birinchi mehmonxona ochildi. “Dolce Hanoi Golden Lake” deb atalgan 25 qavatli mehmonxona Vyetnam poytaxti –Xanoy markazida o‘rnashgan.
Mehmonxona maydoni 5000 kv.metrni tashkil qiladi va unda zarhal materiallardan foydalanilgan. Mehmonxona 10 yil davomida qurib bitkazildi.

Unda 342 ta xona mavjud bo‘lib, imperiya uslubida ishlangan. Zarhal xona jihozlari, hammom, dekoratsiya – restoran, bar va tomdagi panoramli hovuz barchasi oltin bilan ishlangan.
Mehmonxonada bir sutka qolish bahosi 250 dollardan boshlanadi.  Binoda shaxsiy apartamentingizni ham sotib olishingiz mumkin. Bunda bir kv.metrning bahosi 6500 dollardan boshlanadi.