24-NOYABR OB-HAVO MA'LUMOTI 

  • 17:31 / 23.11.2019
  • 395

Foto: xabardor.uz

“O‘zgidromet” markazi O‘zbekistonda 24-noyabr, yakshanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti haqida xabar berdi. Unga ko‘ra: 

TOSHKENT SHAHRI
Havo o‘zgarib turadi, biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0 -2 darajagacha sovuq, kunduzi +4 darajagacha iliq bo‘ladi. 

QORAQALPOGʻISTON, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -15 darajagacha  sovuq, kunduzi -7 darajagacha sovuq bo‘ladi. 

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -8 darajagacha sovuq, kunduzi -2 darajagacha sovuq bo‘ladi; Navoiy viloyatining shimolida kechasi 10-15 darajagacha sovuq, kunduzi 0-5 darajagacha sovuq bo‘ladi. 

TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -5 darajagacha sovuq, kunduzi -2 darajagacha sovuq bo‘ladi. 

QAShQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ldi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -5 darajagacha sovuq, kunduzi +5 darajagacha iliq bo‘ladi.
 
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI

Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz qor bo‘ladi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -3 darajagacha sovuq, kunduzi +5 darajagacha iliq bo‘ladi. 

RESPUBLIKANING TOGʻLI HUDUDLARI
Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘lishi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi -4 darajagacha sovuq +1 darajagacha iliq bo‘ladi.