$
12694.97 UZS
40.84
161.60 UZS
0.42
14878.50 UZS
60.51
37° Kechasi 24°

Qurilishiga 143 mlrd so‘m sarflangan Samarqanddagi yerosti yo‘li devoridan suv “teshib chiqdi” (video)

12:22 / 04.01.2022

Ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilning 31-dekabr kuni foydalanishga topshirilgan Samarqand shahridagi yer osti yo‘li devorlaridan kuchli yomg‘ir oqibatida ko‘p miqdorda suv sizib kirayotgani aks etgan videotasvir tarqalmoqda.

Shahar hokimiyati Matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Ibn Sino va Rudakiy ko‘chalari chorrahasida bunyod etilgan yer osti o‘tish yo‘li uchun 143 milliard so‘m sarflangan.

Ta’kidlash joizki, shahar yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, aholi va sayyohlar uchun qulaylik yaratish, transport qatnovi xavfsizligi va barqarorligini ta’minlash maqsadida 143 milliard so‘mlik tonnel – yo‘l o‘tkazgich va Bo‘stonsaroy ko‘chasining Siyob kanali ustidagi yo‘l 68 milliard so‘m mablag‘ hisobiga rekonstruksiya qilindi.

“O‘zbekiston 24” telekanalining mazkur tonnel ochilish marosimidan tayyorlagan lavhasida jurnalistning ta’kidlashicha, obyekt 3 yil davomida qurib bitkazilishi kerak bo‘lgani holda 1,5 yilda bitkazilgan va foydalanishga topshirilgan.

Mazkur qurilish obyektining parametrlari quyidagicha:

– yo‘l o‘tkazgich uzunligi 1 km;

– balandligi 5,8 metr;

– kengligi 26,4 metr;

– yopiq qismining uzunligi 120 metr.

Gidrometeorolog tadqiqotchi Erkin Abdulahatov mazkur mavzuga e’tibor qaratib, buyurtmachi va quruvchilar oldiga qator savollarni qo‘ymoqda.

“Xo‘sh, loyihada hududda kuzatilgan yog‘inlarni xavfsiz va talofatsiz o‘tkazib yuboruvchi drenajlarni qurishda qanday yog‘in miqdori inobatga olingan? O‘zi umuman, qurilish loyihasida tabiy omil ta’sirlari e’tiborga olinganmi?

Hisobga olingan bo‘lsa, nega yangi obyekt devorlaridan suv sizib chiqmoqda? Bahor-yozgi sel-suv toshqin keltirib chiqaradigan haqiqiy intensiv yog‘inlar davrida nima bo‘ladi?” – deb yozadi u.

Shuningdek, u Samarqand kuzatuv meteorologik stansiyasi faoliyati haqida ham to‘xtalib, quruvchi tashkilotlar nega bu kuzatuv stansiyasi ma’lumotlaridan unumli foydalanmaganini tanqid ostiga oladi.

“Samarqand kuzatuv meteorologik stansiyasi o‘z ish faoliyatini boshlaganiga mana salkam 1 asrdan ko‘p vaqt bo‘ldi. U o‘zida hududda kuzatilgan asriy yog‘ingarchilik ma’lumotlarini to‘plab, yig‘ib yotibdi. Ma’lumotlar shu kabi qurilish obyektlarini barpo etish uchun to‘planyapti. Nega chuqurroq tahlil olib borib mukammal obyektlar qurmaysizlar? Sizlarga kim, nima halaqit beryapti?” – deydi tadqiqotchi.

 


Bu ham qiziq

Uy-joy savdosini naqd pulda olib borish cheklanadi

Uy-joy savdosini naqd pulda olib borish cheklanadi

O‘zbekistonda uy-joylarning savdosini naqd pulda amalga oshirish cheklanadi. Bu haqda joriy yilning 26-iyun kuni Oliy Majlis…
11:37 / 30.06.2025
2-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

2-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

2-iyul kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol es…
15:19 / 01.07.2025
1-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

1-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

1-iyul kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol es…
16:22 / 30.06.2025
Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovni tavallud kuni bilan qutladi

Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovni tavallud kuni bilan qutladi

Turkman xalqining milliy yetakchisi O‘zbekiston Prezidentiga Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning salomini yetk…
16:24 / 29.06.2025
UFC 317. Iliya Topuriya Charlz Oliveyrani birinchi raundda nokautga uchratdi

UFC 317. Iliya Topuriya Charlz Oliveyrani birinchi raundda nokautga uchratdi

Topuriya yengil vaznning yangi chempioniga aylandi.
10:06 / 29.06.2025
Ozarbayjon Rossiyada fuqarolarining vafot etishi yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atdi

Ozarbayjon Rossiyada fuqarolarining vafot etishi yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atdi

Bu haqda Ozarbayjon Bosh prokuraturasi matbuot xizmatiga tayanib, Qafqazinfo xabar berdi.
16:51 / 01.07.2025
Tehron uranni boyitish niyatidan voz kechmagan

Tehron uranni boyitish niyatidan voz kechmagan

Eron uranni boyitish huquqiga ega va bu faoliyatni to‘xtatishni rejalashtirmayapti.
09:46 / 30.06.2025
Xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxs Polshadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

Xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxs Polshadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

“O‘zbekistonda jinoyat sodir etgani uchun xalqaro qidiruvga berilgan A.A. Polshadan mamlakatimizga ekstraditsiya qilindi”, –…
17:00 / 28.06.2025
Haj ziyoratida 8 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi

Haj ziyoratida 8 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi

“Joriy yildagi “Haj-2025” mavsumi davomida O‘zbekistondan 15 mingdan ziyod hojilarning Haj amallarini tartibli va namunali a…
12:17 / 01.07.2025
1-iyuldan Toshkent-Chorvoq yo‘nalishida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

1-iyuldan Toshkent-Chorvoq yo‘nalishida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Yo‘nalishda naqd pulda va bank kartalari orqali to‘lov amalga oshirish imkoniyati mavjud.
13:11 / 29.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!