25-noyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

  • 18:10 / 24.11.2019
  • 437

Foto: xabardor.uz

O‘zgidromet’ning xabar berishicha, 25-noyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab qor yog‘ishi mumkin, tuman tushadi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-8, kunduzi 2-4 daraja sovuq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15, kunduzi 2-7 daraja sovuq bo‘ladi. 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8, ba’zi joylarda 10-12 darajagacha sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq bilan 2 daraja iliq atrofidagi harorat kuzatiladi. 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab biroz qor yog‘ishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8, ba’zi joylarda 10-12 darajagacha sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi. 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq bilan 3 daraja iliq atrofida bo‘ladi. 

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab biroz qor yog‘ishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi. 

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab qor yog‘adi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushadi. Gʻarbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja sovuq bo‘ladi.