253 nafar O‘zbekiston fuqarosi Novosibirskdan Toshkentga olib kelindi

  • 10:53 / 23.03.2020
  • 82

22-mart kuni “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi Tolmachevo aeroportidan Novosibirsk - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha charter qatnovini amalga oshirdi. Havo kemasidagi 253 nafar yo‘lovchi O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilicha, ushbu qatnov Transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mahkamov Ilhom Rustamovich, boshqaruv raisining o‘rinbosari, tijorat va turizm bo‘yicha direktori vazifasini bajaruvchisi Xudoyqulov Shuxrat Shavkatovich hamda Tashqi ishlar vazirligi komissiyasi a’zolari ko‘magida amalga oshirildi.

Eslatib o‘tamiz, “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining keyingi charter qatnovlari haqidagi barcha ma’lumotlarni uzairways.com saytida va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilib boradi.