26-noyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

  • 19:46 / 25.11.2019
  • 586

“O‘zgidromet” O‘zbekistonda 26-noyabr kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti haqida xabar berdi. Unga ko‘ra:

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-4 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/sekund tezlikda esadi. Ertalab tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 15-10 daraja sovuq, kunduzi 7-2 daraja sovuq bo‘lishi kutilmoqda.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-3 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi, ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5 daraja sovuq bo‘lib, qor yog‘ishi mumkin. Kunduzi 3 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarda tuman tushishi kuzatiladi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5 daraja sovuq, kunduzi 5 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, kuchli qor yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-3 daraja sovuq, kunduzi 7-2 daraja sovuq bo‘ladi.