$
12695.00 UZS
11.01
138.12 UZS
-1.12
13648.39 UZS
0.42
21° Kechasi 13°

O‘zbekiston 10 mingdan ortiq hamshira va shifokorlarni Buyuk Britaniyaga ishlash uchun yuboradi

14:44 / 27.04.2024

O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Britaniyaning “NEU Professionals” rekruting agentligi, Qirollik hamshiralik kolleji, Koventri universiteti va “Mutaxassis til kurslari” markazi vakillaridan iborat delegatsiyaning O‘zbekistonga amaliy safari tashkil etildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA.

Safar davomida Britaniya tomoni O‘zbekiston Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar, Sog‘liqni saqlash vazirliklari, Toshkent tibbiyot akademiyasi va Samarqand shahridagi “Medicon” universitetida uchrashuvlar o‘tkazilgan.

“Olib borilgan muzokaralar natijasida, o‘zbekistonlik 10 mingdan ortiq tibbiyot sohasi vakillarini chet tillariga o‘qitish orqali Buyuk Britaniyadagi nufuzli shifoxonalarga ishga qabul qilish hamda 3 ming AQSh dollari miqdorida oylik maosh to‘lash bo‘yicha kelishuvga erishildi. Shuningdek, “NEU Professionals” rekruting agentligi vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ish beruvchi talabi, ushbu yurtda ishlash tartibi batafsil tushuntirildi”, – deyiladi xabarda.

Britaniya tomoni o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari, jumladan hamshiralar o‘rta tibbiy xodim sifatida faoliyat yuritish bilan cheklanib qolmasligi, balki qobiliyati, intilishi, tajribasi va til bilishidan kelib chiqib, vazifasi nuqtayi nazaridan o‘sish imkoniga ega bo‘lishini ta’kidladi.

“NEU Professionals” rekruting agentligi 2013-yil chet ellik tibbiyot mutaxassislarini Buyuk Britaniyaning Oksford universiteti shifoxonasi va boshqa tibbiyot muassasalari uchun yollashga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan. Kompaniya xorijdan tibbiyot mutaxassislarini Angliya va Uelsga yetkazib berish bilan shug‘ullanmoqda.


Bu ham qiziq

Putin Mishustinni hukumat raisi etib tayinladi

Putin Mishustinni hukumat raisi etib tayinladi

Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.
09:35 / 11.05.2024
Aripov Mishustinni tabrikladi

Aripov Mishustinni tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Mixail Mishustin bilan telefon orqa…
10:39 / 11.05.2024
Uyda konserva mahsulotlarini tayyorlashda botulizmdan ehtiyot bo‘ling!

Uyda konserva mahsulotlarini tayyorlashda botulizmdan ehtiyot bo‘ling!

Clostridiumning ko‘pgina turlari bitta neytoksin turini ishlab chiqaradi.
10:19 / 11.05.2024
Argentinada poyezdlar to‘qnashib ketdi

Argentinada poyezdlar to‘qnashib ketdi

Voqea sabab 100 ga yaqin kishi jarohatlangan.
12:33 / 11.05.2024
Falastinlik bolalar G‘azoda tinchlik talab qilib mitingga chiqdi

Falastinlik bolalar G‘azoda tinchlik talab qilib mitingga chiqdi

Shuningdek, bolalar tomonidan kuy-qo‘shiqlar, raqslar ijro etilgan.
16:23 / 11.05.2024
Qibrayda radar o‘rnatayotgan muhandis tok urishi natijasida vafot etdi

Qibrayda radar o‘rnatayotgan muhandis tok urishi natijasida vafot etdi

Mazkur baxtsiz hodisani maxsus tekshirish uchun komissiya tuzilgan.
10:24 / 11.05.2024
BMT: Isroil hujumlarining kuchayishi tufayli 110 mingga yaqin falastinlik Rafahni tark etdi

BMT: Isroil hujumlarining kuchayishi tufayli 110 mingga yaqin falastinlik Rafahni tark etdi

Yagona umid - zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish – UNRWA.
16:07 / 10.05.2024
O‘zbekistonlik 200 nafar o‘qituvchi Fransiyaga boradi

O‘zbekistonlik 200 nafar o‘qituvchi Fransiyaga boradi

Mazkur loyiha bo‘yicha joriy yilda 200 nafar ustozni qamrab olish rejalashtirilgan.
17:07 / 10.05.2024
Endi General Motors Malibu ishlab chiqarmaydi

Endi General Motors Malibu ishlab chiqarmaydi

Kompaniya benzinda harakatlanadigan Chevrolet Malibu avtomobillarini ishlab chiqarishni yakunlaydi.
19:22 / 10.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!