30 yoshdan keyin isteʼmol qilish tavsiya etilmaydigan mahsulotlar sanab oʻtildi

  • 16:23 / 16.09.2021
  • 244

Hamisha sogʻlom va tetik boʻlish uchun 30 yoshdan keyin maʼlum mahsulotlar isteʼmolidan voz kechish tavsiya etiladi. Bu haqida mutaxassis Dina Li Smit aytib oʻtdi.

Li Smit eng avvalo xushboʻylashtirilgan yogurtdan voz kechishni tavsiya qilgan. Boisi, u tarkibidagi shakar miqdori boʻyicha muzqaymoqdan ortda qolishmaydi. Shuningdek, 30 yoshdan oshgan odamlar turli kekslar, shirinliklar isteʼmolini ham kamaytirgan maʼqul.

30 yoshga qadam qoʻygandan keyin metabolizm jarayoni sekinlashishni boshlaydi. Shu sababli bu insonlarga taomnomaga koʻproq eʼtibor qaratish tavsiya etiladi.

Gazli ichimliklarni esa taomnomadan butunlay chiqarib tashlagan maʼqul. Boisi, ularning aksariyati tarkibida saratonga sabab boʻluvchi boʻyoqlar mavjud.

Shuningdek, quyidagi mahsulotlarni ham imkon qadar kamroq isteʼmol qilish yoki ularni tanovul qilishdan butunlay voz kechish tavsiya etiladi:

• Turli hil qaylalar
• Kolbasa mahsulotlari
• Qovurilgan goʻsht
• Fast-fud mahsulotlari
• Chips
• Margarin va tarkibiga margarin qoʻshilgan mahsulotlar
• Oq non va shirinliklar
• Muzqaymoq
• Meva konservalari

Sanab oʻtilgan mahsulotlar isteʼmolidan voz kechilgan holatda qarish jarayoni sekinlashdi, ortiqcha vazn muammosi bezovta qilmaydi.