$
12927.17 UZS
36.74
155.73 UZS
-0.31
14717.58 UZS
-3.29
31° Kechasi 17°

“Biz ularning koloniyasi emasmiz”. Sherzodxon Qudratxo‘ja Lavrovga javob qaytardi

21:43 / 23.04.2025

Samarqanddagi “Motamsaro ona” haykali poyida gul qo‘yish marosimi chog‘ida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov u yerda rus tilida yozuv yo‘qligini tanqid qildi. Bir qancha o‘zbekistonlik amaldorlar ushbu holatga o‘z munosabatini bildirishdi. Xususan O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja ham ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Har bir mamlakat o‘zining hududidagi tarixiy obida yoki haykali atrofida qaysi tilda yozishini faqat o‘zi hal qiladi. Chetdan kelib, boshqa davlatning Tashqi ishlar vaziri bizni tanqid qilishi noto‘g‘ri. Zero biz ularning koloniyasi emasmiz!

Bizning vazirlar ham Rossiyaga borganda ba’zi masalalar bo‘yicha Lavrov kabi dadil savol berishni o‘rganishlari kerak, shekilli. 

Xususan, nega bizning Rossiyadagi migrantlar diskriminatsiya qilinadi? Nimaga ularga nisbatan mahalliy hokimiyat, migratsion xizmatlar yoki politsiya tomonidan oddiy inson huquqlarini poymol qiluvchi holatlar qo‘llanilsa, Rossiya jamoatchiligi va davlat rasmiylari jim turadi?

Sergey Lavrov kelib, bizga “ona timsoli — muqaddas” ekanini tushuntirmoqchi ekan, oddiy bir yozuvni bor yo‘qligiga diqqat qaratarkan, biz ham unga “inson huquqlari ham muqaddas” ekanligini diqqat e’tiboriga solishimiz va eslatishimiz kerak.

Lavrov O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqining hamkorligi to‘g‘risida ham gapiribdi. Kim bilan qanday aloqalar o‘rnatishni yoki qay darajada hamkorlik qilishni davlatning o‘zi hal qiladi! O‘zbekistonning ichki ishlariga aralashishga hech kimning haqqi yo‘q. Jumladan, Yevropa Ittifoqi bilan ham o‘zaro aloqalar darajasini O‘zbekistonning o‘zi belgilaydi. Bu davlatimizning tashqi siyosati ko‘p vektorlik ekanligini ko‘rsatadi” – deydi Sherzodxon Qudratxo‘ja.


O‘zbekiston


														
														26-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

26-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 15-17 daraja, kunduzi 30-32 daraja bo‘ladi.
22:27 / 25.04.2025

														
														Toshkent va Namangan viloyatlarida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganlik holatlari aniqlandi

Toshkent va Namangan viloyatlarida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganlik holatlari aniqlandi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlar …
21:07 / 25.04.2025

														
														Yunusobodda Nexia-3 va Hongqi o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi

Yunusobodda Nexia-3 va Hongqi o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi

Yo‘l transport hodisasi natijasida Nexia-3 avtomashinasi yo‘lovchisiga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsati…
20:10 / 25.04.2025

														
														O‘zbekistonda moliyaviy Ombudsman institutini tashkil etish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda moliyaviy Ombudsman institutini tashkil etish rejalashtirilmoqda

Texnik yordam dasturi doirasida Jahon banki ekspertlari o‘zbekistonlik mutaxassislar bilan birgalikda ushbu tuzilmani joriy …
19:26 / 25.04.2025

														
														O‘zbekistonda benzin, dizel, gaz va elektr energiyasi ishlab chiqarish kamaydi

O‘zbekistonda benzin, dizel, gaz va elektr energiyasi ishlab chiqarish kamaydi

Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
18:44 / 25.04.2025

														
														O‘zbekistonning tog‘ va tog‘oldi hududlarida sel kelishi xavfi e’lon qilindi

O‘zbekistonning tog‘ va tog‘oldi hududlarida sel kelishi xavfi e’lon qilindi

O‘zbekistonning 8 ta viloyatidagi tog‘ va tog‘oldi hududlarida 25 va 27−30 aprel kunlari yomg‘irlar yog‘ishi sabab sel kelis…
17:19 / 25.04.2025

														
														Tashqi ishlar, Sog‘liqni saqlash va Madaniyat vazirliklari eng yopiq tashkilotlar qatoridan joy oldi

Tashqi ishlar, Sog‘liqni saqlash va Madaniyat vazirliklari eng yopiq tashkilotlar qatoridan joy oldi

Bu tashkilotlar ochiqlik bo‘yicha sust ishlagan hisoblanib, ularning faoliyati jamoatchilik nazoratidan yiroq bo‘lganini ko‘…
12:04 / 25.04.2025

														
														Shukurullo Isroilovning mashinasini olib qochgan yigit 2 yilga qamaldi

Shukurullo Isroilovning mashinasini olib qochgan yigit 2 yilga qamaldi

Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.
09:34 / 25.04.2025

														
														25-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

25-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 13-15 daraja, kunduzi 28-30 daraja bo‘ladi.
22:11 / 24.04.2025

Bu ham qiziq

Buyuk Britaniya va Fransiya Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etadi

Buyuk Britaniya va Fransiya Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etadi

London AQSh vitse-prezidenti Jey Di Vensning Vashington tinchlik kelishuvi bo‘yicha muzokaralardan chiqishi mumkinligi haqid…
10:27 / 24.04.2025
FIFA O‘zbekiston U-17 terma jamoasi hujumchisi  Asilbek Aliyevni e’tirof etdi

FIFA O‘zbekiston U-17 terma jamoasi hujumchisi  Asilbek Aliyevni e’tirof etdi

Tashkilot rasmiy sahifasida Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan Osiyo kubogida porlagan 6 nafar futbolchi haqida maqola chop …
15:00 / 24.04.2025
24-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

24-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 12-14 daraja, kunduzi 25-27 daraja bo‘ladi.
21:53 / 23.04.2025
“Moskva Bosh maydoniga o‘zbekcha ham yozilsa, keyin o‘ylab ko‘rishimiz mumkin” – deputat Odiljon Tojiyev

“Moskva Bosh maydoniga o‘zbekcha ham yozilsa, keyin o‘ylab ko‘rishimiz mumkin” – deputat Odiljon Tojiyev

“Moskva Bosh maydoniga o‘zbekcha yozilsa, keyin o‘ylab ko‘rishimiz mumkin” – deydi Tojiyev.
10:53 / 24.04.2025
25-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

25-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 13-15 daraja, kunduzi 28-30 daraja bo‘ladi.
22:11 / 24.04.2025
26-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

26-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 15-17 daraja, kunduzi 30-32 daraja bo‘ladi.
22:27 / 25.04.2025
Gurbanguli Berdimuhamedovning O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi

Gurbanguli Berdimuhamedovning O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi

Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning Samarqand shahriga tash…
18:33 / 24.04.2025
Toshkentdagi mehmonxonada vafot etgan jurnalistning o‘limiga nima sabab bo‘lgan edi?

Toshkentdagi mehmonxonada vafot etgan jurnalistning o‘limiga nima sabab bo‘lgan edi?

Toshkentdagi mehmonxonada rossiyalik Inessa Papernaya va uning hamrohi vafot etgani bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari ya…
12:36 / 24.04.2025
Toshkent va Namangan viloyatlarida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganlik holatlari aniqlandi

Toshkent va Namangan viloyatlarida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganlik holatlari aniqlandi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlar …
21:07 / 25.04.2025
“Tanzilandiya” bolalar bog‘chasining litsenziyasi bekor qilindi

“Tanzilandiya” bolalar bog‘chasining litsenziyasi bekor qilindi

“Tanzilandiya” xususiy bolalar bog‘chasi litsenziyasi Toshkent iqtisodiy sudining qarori bilan bekor qilindi. Ushbu qaror jo…
18:29 / 24.04.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!