$
12927.17 UZS
36.74
155.73 UZS
-0.31
14717.58 UZS
-3.29
31° Kechasi 17°

Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

12:36 / 24.04.2025

Markaziy bank boshqaruvi 24-apreldagi yig‘ilishida asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, so‘nggi oylarda shakllangan umumiy va bazaviy inflyatsiya ko‘rsatkichlari inflyatsion jarayonlar va vaziyatning muallaq holatda qolayotganini ko‘rsatmoqda. Yalpi talab va taklif o‘rtasidagi nomutanosibliklar hamda tashqi noaniqliklarning kuchayib borishi bilan bog‘liq xatarlar pul-kredit sharoitlarini nisbatan qat’iy, joriy darajasida saqlab qolishni taqozo etmoqda.

Ushbu qaror inflyatsiya ko‘rsatkichlari va kutilmalarini barqaror pasayish trendiga qaytarishga va o‘rta muddatli istiqbolda 5 foizlik targetga erishish uchun yetarli sharoit yaratishga xizmat qiladi.

Yil boshidan umumiy inflyatsiya darajasi o‘suvchi trendga o‘tib, mart oyida yillik 10,3 foizni tashkil etdi. Ayni paytda, bazaviy inflyatsiya ham tezlashishda davom etib, yillik 8,1 foizga yetdi. Bu, o‘z navbatida, narxlarga taklif omillari bilan bir qatorda talab omillari ham oshiruvchi ta’sir ko‘rsatayotganini aks ettirmoqda. Yoqilg‘i va energiya ta’minoti yaxshilanishi hamda almashuv kursining nisbatan barqaror shakllanishi ta’sirida aholi va tadbirkorlarning inflyatsion kutilmalari mart oyida pasaygan bo‘lsa-da, joriy inflyatsiya ko‘rsatkichlaridan yuqori darajada qolmoqda.

2024-yildagi energiya narxlari erkinlashtirilishining birlamchi ta’siri II chorak yakunida tugab, umumiy inflyatsiya uchun pasaytiruvchi ta’sirga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, xalqaro savdo sharoitlarining yomonlashishi global iste’mol narxlari bilan bir qatorda ishlab chiqarish xarajatlarining ortishi va tashqi inflyatsion bosimlarning kuchayishi xavfini oshirmoqda.

Yangi prognozlarga ko‘ra, 2025-yil yakuniga qadar umumiy inflyatsiya ko‘rsatkichi 7-8 foizlik prognoz koridorining yuqori chegarasiga yaqin darajada shakllanishi kutilmoqda.

Birinchi chorakda yalpi iste’mol va investitsion faollikning oshishi hisobiga iqtisodiy o‘sish 6,8 foizgacha tezlashdi. Transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmining yuqori o‘sishi hamda kreditlash sur’atlarining tezlashishi ham yalpi talabni qo‘llab-quvvatlamoqda.

2025-yilda yuqori iqtisodiy faollik hisobiga yalpi ichki mahsulot o‘sishi tendensiyasi davom etib, yil yakunida 6 foiz atrofida shakllanishi prognoz qilinmoqda. Bunda xususiy investitsiyalar iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlovchi omil bo‘lib, tovar va xizmatlar taklifining ortishiga xizmat qiladi.

2025-yil boshidan asosiy savdo hamkorlar valyuta kurslarining mustahkamlanishi hamda so‘m almashuv kursining savdo hamkor davlatlar valyuta kurslariga nisbatan barqarorligi fonida real samarali almashuv kursi o‘zining o‘rta muddatli trendi doirasida shakllanmoqda.

Pul-kredit sharoitlari joriy qat’iylik darajasining saqlab qolinishi kelgusida kreditlash hajmi o‘sishining mo‘tadillashuvi va depozitlarning yuqori o‘sish sur’atlari davom etishini ta’minlab yalpi talabni muvozanatlashtiruvchi va monetar omillarning inflyatsiyaga ta’sirini kamaytiruvchi xususiyatga ega bo‘ladi.

May oyida pul-kredit sharoitlari qayta ko‘rib chiqilishi mumkin

Yuqorida keltirilgan omillarni hisobga olib, o‘rta muddatli istiqbolda narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadida Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani o‘zgarishsiz, 14,0 foiz darajasida qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.


O‘zbekiston


														
														26-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

26-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 15-17 daraja, kunduzi 30-32 daraja bo‘ladi.
22:27 / 25.04.2025

														
														Toshkent va Namangan viloyatlarida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganlik holatlari aniqlandi

Toshkent va Namangan viloyatlarida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganlik holatlari aniqlandi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlar …
21:07 / 25.04.2025

														
														Yunusobodda Nexia-3 va Hongqi o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi

Yunusobodda Nexia-3 va Hongqi o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi

Yo‘l transport hodisasi natijasida Nexia-3 avtomashinasi yo‘lovchisiga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsati…
20:10 / 25.04.2025

														
														O‘zbekistonda moliyaviy Ombudsman institutini tashkil etish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda moliyaviy Ombudsman institutini tashkil etish rejalashtirilmoqda

Texnik yordam dasturi doirasida Jahon banki ekspertlari o‘zbekistonlik mutaxassislar bilan birgalikda ushbu tuzilmani joriy …
19:26 / 25.04.2025

														
														O‘zbekistonda benzin, dizel, gaz va elektr energiyasi ishlab chiqarish kamaydi

O‘zbekistonda benzin, dizel, gaz va elektr energiyasi ishlab chiqarish kamaydi

Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
18:44 / 25.04.2025

														
														O‘zbekistonning tog‘ va tog‘oldi hududlarida sel kelishi xavfi e’lon qilindi

O‘zbekistonning tog‘ va tog‘oldi hududlarida sel kelishi xavfi e’lon qilindi

O‘zbekistonning 8 ta viloyatidagi tog‘ va tog‘oldi hududlarida 25 va 27−30 aprel kunlari yomg‘irlar yog‘ishi sabab sel kelis…
17:19 / 25.04.2025

														
														Tashqi ishlar, Sog‘liqni saqlash va Madaniyat vazirliklari eng yopiq tashkilotlar qatoridan joy oldi

Tashqi ishlar, Sog‘liqni saqlash va Madaniyat vazirliklari eng yopiq tashkilotlar qatoridan joy oldi

Bu tashkilotlar ochiqlik bo‘yicha sust ishlagan hisoblanib, ularning faoliyati jamoatchilik nazoratidan yiroq bo‘lganini ko‘…
12:04 / 25.04.2025

														
														Shukurullo Isroilovning mashinasini olib qochgan yigit 2 yilga qamaldi

Shukurullo Isroilovning mashinasini olib qochgan yigit 2 yilga qamaldi

Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.
09:34 / 25.04.2025

														
														25-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

25-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 13-15 daraja, kunduzi 28-30 daraja bo‘ladi.
22:11 / 24.04.2025

Bu ham qiziq

Ramzan Qodirovning 17 yoshli o‘g‘li yangi lavozim egalladi

Ramzan Qodirovning 17 yoshli o‘g‘li yangi lavozim egalladi

Adam Qodirov Checheniston Xavfsizlik kengashi kotibi etib tayinlandi. Bu Adamning uchinchi bor lavozimga tayinlanishidir.
09:37 / 24.04.2025
“Tanzilandiya” bolalar bog‘chasining litsenziyasi bekor qilindi

“Tanzilandiya” bolalar bog‘chasining litsenziyasi bekor qilindi

“Tanzilandiya” xususiy bolalar bog‘chasi litsenziyasi Toshkent iqtisodiy sudining qarori bilan bekor qilindi. Ushbu qaror jo…
18:29 / 24.04.2025
Yunusobodda Nexia-3 va Hongqi o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi

Yunusobodda Nexia-3 va Hongqi o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi

Yo‘l transport hodisasi natijasida Nexia-3 avtomashinasi yo‘lovchisiga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsati…
20:10 / 25.04.2025
Ertaga Toshkentda 256 ta uy vaqtincha tabiiy gazsiz qoladi

Ertaga Toshkentda 256 ta uy vaqtincha tabiiy gazsiz qoladi

Ta’mirlash ishlari tufayli Mirobod tumani “Avloniy” MFYning ayrim hududlariga 25-aprel kuni soat 11:00 dan 17:00 gacha tabii…
21:02 / 24.04.2025
Terakt natijasida Hindiston barcha pokistonliklarni mamlakatdan haydamoqda

Terakt natijasida Hindiston barcha pokistonliklarni mamlakatdan haydamoqda

Kashmirdagi teraktdan so‘ng Hindiston hukumati Pokistonning barcha fuqarolarini mamlakat hududidan chiqarib yuborishga qaror…
18:50 / 24.04.2025
Hindistondagi teraktda Pokiston aybdormi?

Hindistondagi teraktda Pokiston aybdormi?

Ma’lum qilinishicha, terakt uchun javobgarlikni “Qarshilik fronti” guruhi o‘z zimmasiga olgan.
10:40 / 24.04.2025
Ukraina bilan urushda Rossiya safida ellikka yaqin davlatdan kelgan yollanma jangchilar urushmoqda

Ukraina bilan urushda Rossiya safida ellikka yaqin davlatdan kelgan yollanma jangchilar urushmoqda

“Vajnie istorii” nashri bu haqda Yagona tibbiy axborot-tahliliy tizimdan (EMIAS) olingan ma’lumotlarga tayanib xabar bermoqd…
08:35 / 24.04.2025
Qashqadaryoda 14 yoshli bola boshqaruvidagi mashina YTHga uchradi

Qashqadaryoda 14 yoshli bola boshqaruvidagi mashina YTHga uchradi

Bu haqda “Hudud” dasturida ma’lum qilindi.
09:59 / 24.04.2025
O‘zbekistonda moliyaviy Ombudsman institutini tashkil etish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda moliyaviy Ombudsman institutini tashkil etish rejalashtirilmoqda

Texnik yordam dasturi doirasida Jahon banki ekspertlari o‘zbekistonlik mutaxassislar bilan birgalikda ushbu tuzilmani joriy …
19:26 / 25.04.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!