$
12927.17 UZS
36.74
155.73 UZS
-0.31
14717.58 UZS
-3.29
35° Kechasi 20°

O‘zbekistonda 1-maydan nimalar o‘zgaradi?

11:25 / 26.04.2025

Elektromobillar uchun utilizatsiya yig‘imi

2025-yil 1-maydan boshlab:

– ishlab chiqarilgan muddatidan boshlab 3 yildan ortiq bo‘lmagan elektromobillar uchun BHMning 120 baravari (45 mln so‘m); – ishlab chiqarilgan muddatidan boshlab 3 yildan ortiq bo‘lgan elektromobillar uchun BHMning 210 baravari (78 mln 750 ming so‘m) etib belgilanadi. Ya’ni, faqatgina elektromobillar uchun utilizatsiya yig‘imi belgilangan: gibrid va qolgan transport vositalari bundan mustasno.

Muvofiqlikni ro‘yxatga olish osonlashadi

Muvofiqlik deklaratsiyasini sertifikatlashtirish organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi bekor qilinadi. Ko‘rsatilgan sanadan boshlab deklaratsiyani shakllantirish va hisobga olish Texnik jihatdan tartibga solish axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.

Bojsiz olib kirishning yangilangan me’yorlari

Jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyojlari uchun notijorat maqsadlarda respublikaga olib kiriladigan tovarlarni bojsiz olib kirishning quyidagi me’yorlari belgilanadi:

– havo transportida – 1 000 AQSh dollari;

– temir yo‘l va daryo transportida – 500 AQSh dollari;

– avtomobil (piyoda) o‘tkazish punktlari orqali – 300 AQSh dollari;

– xalqaro kuryerlik jo‘natmalari orqali – 200 AQSh dollari;

xalqaro pochta jo‘natmalari orqali – 100 AQSh dollari.

Banklarga qo‘shimcha huquqlar

Ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan banklar va ular huzuridagi investitsiya kompaniyalari auksionda sotilmasdan qarzdorliklarni so‘ndirish evaziga bank balansiga olingan mol-mulklarni o‘zlari sotish huquqiga ega. Ular shuningdek bunday mol-mulkni kredit, bo‘lib-bo‘lib to‘lash yoki lizing shartnomalari orqali sotishlari mumkin.

Tadbirkorlar ustidan shartnomaviy asoslardagi davlat nazorati

Tadbirkor va qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish hududiy inspeksiyalari o‘rtasida shartnoma tuzilgan bo‘lsa, tadbirkorlik subyektlarining qurilish obyektlarida qisqa muddatli davlat qurilish nazorati tadbirlari shartnoma shartlari doirasida amalga oshiriladi va “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi.

Davlat organlari kadrlar bo‘limlari boshliqlarini attestatsiyadan o‘tkazish

2025-yil 1-maydan boshlab:

– respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining inson resurslarini boshqarish bo‘yicha faoliyatini davlat fuqarolik xizmati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi baholab boradi;

– respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘linmalarining rahbarlari ushbu qaror talablari asosida davlat fuqarolik xizmati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organida attestatsiyadan o‘tadilar.

Fonogrammadan foydalanishni cheklash choralari

2025-yil 1-maydan boshlab:

– Davlat byudjeti va byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladigan barcha konsert-tomosha tadbirlarida fonogrammadan foydalanish bosqichma-bosqich cheklanadi;

– konsert-tomosha tadbirlari reklamasida tegishincha “Jonli ijro”, “Fonogrammadan foydalangan holda jonli ovoz” yoki “Fonogrammali konsert dasturi” belgilari ko‘rsatilishi kerak;

– ijodkorlarni davlat mukofotlariga tavsiya etishda, birinchi navbatda, ularning jonli ijrodagi mahorati inobatga olinadi.

Energiya iste’moli uchun kompensatsiya choralari

2027-yil 1-aprelga qadar “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali bolalar nafaqasi va yordamini oluvchi hamda Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalarga, shuningdek, reyestrlarga kiritilmagan (daromadi har bir oila a’zosiga eng kam iste’mol xarajatlarining 1,5 baravaridan oshmaydigan) kam ta’minlangan oilalar mezonlariga tushuvchi oilalarga:

– narxlar o‘rtasidagi farq oyiga elektr energiyasi iste’moli bo‘yicha bazaviy me’yordan 150 kVt/soat yuqori bo‘lganda;

– tabiiy gaz iste’moli bo‘yicha isitish mavsumida oyiga bazaviy me’yordan 250 kub metrgacha, boshqa davrlarda oyiga bazaviy me’yordan 150 kub metrgacha ortiq foydalanilgan qismi uchun bazaviy me’yor doirasidagi hamda bazaviy me’yordan oshgan narxlar o‘rtasidagi farq kompensatsiya qilib beriladi.

Kreativ park rezidentlari uchun soliq imtiyozlari

2031-yil 1-yanvargacha kreativ park rezidentlariga quyidagi soliq imtiyozlari belgilanadi:

– ijtimoiy soliqni hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini 50 foiz kamaytirilgan stavkada to‘lash;– rezidentlarni tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olgan daromadi miqdoridan qat’i nazar aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilar toifasiga kiritish. Bunda rezidentlar o‘z istagiga binoan umumbelgilangan soliq solish tartibiga o‘tishlari mumkin.

Tadbirkorlik subyektlarining yiriklashuvini rag‘batlantirish

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganda, davlat boji undirilmaydi.

Shuningdek, o‘z faoliyatini tegishincha yakka tartibdagi tadbirkor, mikrofirma yoki kichik korxona toifasigacha yiriklashtirgan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar va tadbirkorlik subyektlariga Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida 50 mln so‘mgacha, Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash kompleks dasturi doirasida – 150 mln so‘mgacha garovsiz kreditlar beriladi.

O‘z faoliyatini tegishincha o‘rta yoki yirik biznes toifasigacha yiriklashtirgan tadbirkorlik subyektlariga – bir yil davomida qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi o‘rnini qoplash (qaytarish) yetti kun muddatda amalga oshiriladi.

“Hamroh” dasturi doirasida grant va kreditlari

“Hamroh” tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida:

– ayollarga “yashil loyihalar” va IT sohasidagi loyihalarni amalga oshirishiga, shuningdek kamida 5 nafar ayolning tadbirkorligini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashgan 1 ming nafar “ustoz” tadbirkorlarga 50 mln so‘mgacha grant ajratish tashkil qilinadi;

– ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lgan ayollarga 100 mln so‘mgacha garovsiz kredit ajratiladi;

– ayol-tadbirkorlar tomonidan kredit hisobidan sotib olinayotgan asbob-uskunalar yetkazib berilgunga qadar “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ kafillik taqdim etadi.

Tadbirkorlarda soliq tekshiruvi o‘tkazishning yangi tartibi

“Soliq xavfini aniqlash, tahlil qilish va baholash” avtomatlashtirilgan dasturi natijalariga asosan soliq bazasini yashirish (kamaytirib ko‘rsatish) holatlari bo‘yicha o‘tkaziladigan soliq tekshiruvlariga tekshiruvlarning boshlanishi haqida kamida 10 ish kuni oldin tadbirkorlik subyektini xabardor qilish talabi tatbiq etilmaydi.

“Toza qo‘llar” dasturi ishga tushiriladi

Barcha sog‘liqni saqlash va ta’lim muassasalarida qo‘l yuvish joylarini sanitar-gigiyenik vositalar bilan ta’minlash va sanitar xonalarning texnik holatini yaxshilashni nazarda tutuvchi “Toza qo‘llar” dasturi ishga tushiriladi.

Toshkent va Nukus shaharlari, shuningdek, viloyat markazlarida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha yangi loyihalarni amalga oshirish taqiqlanadi:

– asbest va sement, shlam va shlaklarni ishlab chiqarish;

– teri-oshlovchilik, parrandachilik fabrikalari;

– yuqori samarali chang tutuvchi va gazni tozalovchi inshootlar bilan jihozlanmagan har qanday turdagi ko‘mirni yoqish;

– qora va rangli metallurgiya, tarkibida zaharli aralashmalar, zaharli kimyoviy moddalar bo‘lgan shisha zavodlari;

– xavflilik darajasi bo‘yicha I va II toifaga mansub chiqindilarni qayta ishlash va yoqish korxonalari.

“Halol” belgisi bilan markirovka qilishning yangi tartibi

Islom mamlakatlari standartlari va metrologiya instituti talablariga muvofiq sertifikatlangan mahsulotlar va xizmatlarni “Halol” belgisi bilan markirovka qilishni boshlash rejalashtirilmoqda.

Soliq organi huquqbuzarlarning bank operatsiyalarini to‘xtatib turishi mumkin bo‘ladi.

Tadbirkorlik subyekti soliq qoidabuzarliklarini tan olganida, soliq organi tomonidan uning bank hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish tartibi joriy etiladi.

Suv transportidan foydalanishning yangi tartibi

Tezlikni avtomatik pasaytirish uskunasi bilan jihozlangan, GPS uskunasi o‘rnatilgan hamda milliy GPS monitoring va navigatsiya tizimiga ulangan suv transporti vositalaridan (ichki yonuv dvigatelli) foydalanishga ruxsat etiladi.


O‘zbekiston


														
														Toshkentda maktab o‘quvchilari o‘rtasida mushtlashuv sodir bo‘ldi

Toshkentda maktab o‘quvchilari o‘rtasida mushtlashuv sodir bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda maktab o‘quvchisi tan jarohati olganligi aks etgan fotolavhalar tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘…
22:14 / 26.04.2025

														
														27-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

27-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 17-19 daraja, kunduzi 33-35 daraja bo‘ladi.
21:52 / 26.04.2025

														
														Shavkat Mirziyoyev IV xalqaro baxshichilik san’ati festivali ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev IV xalqaro baxshichilik san’ati festivali ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev IV xalqaro baxshichilik san’ati festivali ishtirokchilariga tabrik yo…
21:32 / 26.04.2025

														
														O‘zbekiston 3 milliard dollardan ortiq oltin eksport qildi

O‘zbekiston 3 milliard dollardan ortiq oltin eksport qildi

2025-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston 3,57 milliard dollarlik oltin eksport qildi. Bu haqda statistika qo‘mitasi xab…
18:39 / 26.04.2025

														
														Rossiyada O‘zbekiston fuqarolari ishtirokida avtohalokat sodir bo‘ldi

Rossiyada O‘zbekiston fuqarolari ishtirokida avtohalokat sodir bo‘ldi

Rossiyaning Astraxan viloyatida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi. Bu haqda b…
18:33 / 26.04.2025

														
														Turkiyadagi yong‘inda 19 yoshli O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi

Turkiyadagi yong‘inda 19 yoshli O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi

Mazkur fuqaro Istanbul shahri Kadikoy tumani Fikirtepe mavzesida joylashgan ijaradagi uyda, noma’lum sabablarga ko‘ra yuzaga…
14:21 / 26.04.2025

														
														Toshkentda 21 yoshli yigit sevgan qizini kaltakladi

Toshkentda 21 yoshli yigit sevgan qizini kaltakladi

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB ma’lumot berdi.
13:01 / 26.04.2025

														
														Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyev bilan telefon orqali suhbatlashdi

Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyev bilan telefon orqali suhbatlashdi

26-aprel kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda O‘zbekiston bilan Ozarbayjon o‘rtasidagi do‘stlik, strategik sheriklik …
12:54 / 26.04.2025

														
														O‘zbekistonda 1-maydan nimalar o‘zgaradi?

O‘zbekistonda 1-maydan nimalar o‘zgaradi?

Muvofiqlik deklaratsiyasini sertifikatlashtirish organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi bekor qilinadi. Ko‘rsatilgan sanad…
11:25 / 26.04.2025

														
														Joriy yilning l choragida 173 nafar shaxs YTH sodir etib, qamalgan

Joriy yilning l choragida 173 nafar shaxs YTH sodir etib, qamalgan

O‘zbekistonda 2025-yilning birinchi choragida yo‘l-transport hodisasi keltirib chiqargani uchun 173 nafar shaxs ozodlikdan m…
10:21 / 26.04.2025

Bu ham qiziq

Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyev bilan telefon orqali suhbatlashdi

Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyev bilan telefon orqali suhbatlashdi

26-aprel kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda O‘zbekiston bilan Ozarbayjon o‘rtasidagi do‘stlik, strategik sheriklik …
12:54 / 26.04.2025
O‘zbekiston 3 milliard dollardan ortiq oltin eksport qildi

O‘zbekiston 3 milliard dollardan ortiq oltin eksport qildi

2025-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston 3,57 milliard dollarlik oltin eksport qildi. Bu haqda statistika qo‘mitasi xab…
18:39 / 26.04.2025
O‘zbekistonda benzin, dizel, gaz va elektr energiyasi ishlab chiqarish kamaydi

O‘zbekistonda benzin, dizel, gaz va elektr energiyasi ishlab chiqarish kamaydi

Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
18:44 / 25.04.2025
Putin Kursk viloyati to‘liq ozod etilganligini ma’lum qildi

Putin Kursk viloyati to‘liq ozod etilganligini ma’lum qildi

“Rossiya armiyasi Kursk chegarasida dushmanni to‘liq tor-mor qildi”, — deb bayonot berdi Rossiya prezidenti Vladimir Putin, …
17:14 / 26.04.2025
27-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

27-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 17-19 daraja, kunduzi 33-35 daraja bo‘ladi.
21:52 / 26.04.2025
Joriy yilning l choragida 173 nafar shaxs YTH sodir etib, qamalgan

Joriy yilning l choragida 173 nafar shaxs YTH sodir etib, qamalgan

O‘zbekistonda 2025-yilning birinchi choragida yo‘l-transport hodisasi keltirib chiqargani uchun 173 nafar shaxs ozodlikdan m…
10:21 / 26.04.2025
Rossiyada qiyin ahvolda qolgan ona va uning farzandi O‘zbekistonga qaytarildi

Rossiyada qiyin ahvolda qolgan ona va uning farzandi O‘zbekistonga qaytarildi

Rossiyaning Novosibirsk shahrida qiyin ahvolda qolgan ayolning farzandiga tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma rasmiylashtir…
09:44 / 26.04.2025
UFC. Maks Xollouey va Dastin Pore trilogiyasi bo‘ladi

UFC. Maks Xollouey va Dastin Pore trilogiyasi bo‘ladi

Ushbu jang UFC 318 doirasida kamar uchun kechadi.
12:06 / 26.04.2025
Yunusobodda Nexia-3 va Hongqi o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi

Yunusobodda Nexia-3 va Hongqi o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi

Yo‘l transport hodisasi natijasida Nexia-3 avtomashinasi yo‘lovchisiga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsati…
20:10 / 25.04.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!