Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida ko‘chada 18 yoshli qiz sevgan yigiti tomonidan kaltaklangani haqida xabarlar tarqalgan edi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 14-aprel kuni taxminan soat 11:50 larda Mirzo Ulug‘bek tumani Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida 2003-yilda tug‘ilgan S.A. o‘zining tanishi 2006-yilda tug‘ilgan A.J. bilan kelishmovchilik oqibatida tortishib qolgani sababli unga kuch ishlatgan. Janjal vaqtida S.A. qizga tan jarohati yetkazgan. Oqibatda jabrlanuvchi shifoxonaga murojaat qilgan.
Xabarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!