2025-yil 24-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda, Istanbul shahrida yong‘in oqibatida vafot etgan 19 yoshli o‘zbekistonlikning jasadini vatanga qaytardi.
Mazkur fuqaro Istanbul shahri Kadikoy tumani Fikirtepe mavzesida joylashgan ijaradagi uyda, noma’lum sabablarga ko‘ra yuzaga kelgan yong‘in oqibatida vafot etgan.
Marhumning jasadini O‘zbekistonga yuborish bilan bog‘liq barcha xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi tomonidan to‘liq qoplab berildi.
Shu o‘rinda, ijtimoiy tarmoqlarda ayrim shaxslar tomonidan marhumni O‘zbekistonga yuborish uchun yordam puli yig‘ilayotgani haqidagi yolg‘on va asossiz ma’lumotlar tarqatilmoqda. Konsulxona fuqarolarni bu kabi noto‘g‘ri xabarlarga ishonmaslikka va rasmiy manbalarga tayanishga chaqirmoqda.
Bosh konsulxona yangi qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 252-sonli “O‘zbekiston fuqarolarini xorijda tashkil etilgan tartibda ishga joylashtirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, endilikda chet elda bo‘lgan davrida vafot etgan O‘zbekiston fuqarolarining jasadini vatanga qaytarish bilan bog‘liq xarajatlar davlat tomonidan qoplanishini ma’lum qildi.
Shuningdek, Bosh konsulxona marhumning oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildirgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!