“Rossiya armiyasi Kursk chegarasida dushmanni to‘liq tor-mor qildi”, — deb bayonot berdi Rossiya prezidenti Vladimir Putin, RF Qurolli kuchlari Bosh shtabi rahbari Valeriy Gerasimovning hisobotidan so‘ng.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina armiyasi Kursk viloyatida “katta yo‘qotishlarga uchragan”.
Gerasimov esa Kursk viloyatini ozod qilishda KXDR harbiylari “yuqori professionallik” ko‘rsatganini ta’kidladi. Bu Rossiya rasmiylarining birinchi marta Shimoliy Koreya qo‘shinlari Kursk viloyati uchun olib borilgan janglarda ishtirok etganini rasman tan olishi hisoblanadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!