Rossiyaning Astraxan viloyatida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi. Bu haqda bolalar Ombudsmani xabar berdi.
Baxtsiz hodisa 14-aprelda yuz berdi. Ikki avtomobil to‘qnashuvi oqibatida ikki O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi. Ularning 11 yoshli o‘g‘li kasalxonaga yotqizilgan.
Tibbiy yordam ko‘rsatilgandan so‘ng, bolani O‘zbekistonga qaytarish va uni yaqin qarindoshlari qaramog‘iga topshirish jarayoni boshlandi.
Vaqtinchalik vasiylikni rasmiylashtirgan qarindoshlar bolani o‘z vataniga olib chiqish uchun hujjatlar yetishmasligi bilan bog‘liq muammolarga duch kelishdi. Mas’ul idoralar hujjatlarni rasmiylashtirishda yordam berishdi, shundan so‘ng bola O‘zbekistonga qaytarildi. Bola xolasining qaramog‘iga topshirildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!