35 yil ichida birinchi marta Avstraliyada qor yog'di

  • 13:48 / 13.08.2019
  • 440

O'tgan hafta dam olish kunlari Avstraliyaning janubi-sharqida, Antarktika siklonining ta'siri ostida 35 yildan beri birinchi marta qor yog'di. Bu haqda dushanba kuni Milliy gidrometeorologiya byurosida ma'lum qilindi.

Byuroning katta meteorologi Din Styuardning so'zlariga ko'ra, Viktoriya va Yangi Janubiy Uelsda qor muzli Antarktika tufayli yog‘gan. Janubiy qutbdan kelgan siklon qirg'oqqa sovuq va kuchli shamol, qor yog'ishi hamda bo'ronlarni olib keldi.

Картинки по запросу На юго-восточном побережье Австралии впервые за 35 лет выпал снег

"Erta tongda qalin qor qoplami Viktoriya aholisini hayratda qoldirdi. Haqiqiy qor bo'ronlari va qor yog'ishi Melburn shimolidagi ulkan hududlarni qopladi. Bu mazkur hudud uchun juda g'ayrioddiy holat. Dam olish kunlari ko'chalar qor bilan qoplandi. "Biz bunday voqealarni yuz berishiga tayyor emasmiz, shuning uchun yo'llarning bir qismi yopildi. Yaxshiyamki, yangi ish haftasi oldidan qor erib ketdi", deya qo'shimcha qildi Din Styuard.

Похожее изображение

Sidney va Melburnda ob-havo harorati yuqori bo‘lib. shamol tezligi soatiga 100 kilometrga yetgan. Davlat favqulodda vaziyatlar xizmatining ma'lum qilishicha, dam olish kunlari xizmat dispetcherlariga Viktoriya va Yangi Janubiy Uels shtatlari aholisidan qariyb 300 ta qo'ng'iroq kelib tushgan, ularning aksariyati binolari tomlari va daraxtlarning qulashi bilan bog'liq.

Milliy ob-havo byurosining prognozlariga ko'ra, haftaning o'rtalariga kelib ob-havo pasayadi.