$
12900.00 UZS
-20.16
157.32 UZS
-1.29
14595.06 UZS
-86.12
33° Kechasi 18°

Hududiy o‘rmon xo‘jaliklariga zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari tarqatildi

12:24 / 02.05.2025

Ekologiya vazirligi hamda O‘rmon xo‘jaligi agentligi tomonidan o‘rmonlar barpo etish, qayta tiklash va o‘rmon yong‘inlariga qarshi kurashish tadbirlari uchun 81 ta qishloq xo‘jaligi texnikalari – 15 ta traktor, 55 ta kultivator, 6 ta mini ekskavator va 5 ta suv tashuvchi avtomashina xarid qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-noyabrdagi “Respublikada yashillik darajasini yanada oshirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasini izchil amalga oshirish orqali ekologik barqarorlikni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 199-son Farmonida o‘rmon xo‘jaliklarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash belgilangan.

Ushbu farmonga asosan Ekologiya vazirligi hamda O‘rmon xo‘jaligi agentligi tomonidan o‘rmonlar barpo etish, qayta tiklash va o‘rmon yong‘inlariga qarshi kurashish tadbirlari uchun maxsus texnikalarni sotib olish, xo‘jaliklarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun 2024 – 2026-yillarda respublika budjetidan talab etiladigan zarur mablag‘lar ajratilmoqda.

Shunga muvofiq, 2025-yilda respublika budjetidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan 81 ta qishloq xo‘jaligi texnikalari – 15 ta traktor, 55 ta kultivator, 6 ta mini ekskavator va 5 ta suv tashuvchi avtomashina xarid qilindi.
Ushbu texnikalarning barchasi “Toshkent traktor zavodi”, “Samarqand avtomobil zavodi” hamda Xorazmdagi “UzXCMG” kabi mahalliy korxonalarda ishlab chiqarilgan.

Toshkent shahridagi Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markazida ushbu texnikalar hududiy davlat o‘rmon xo‘jaliklariga tarqatilgan. Shuningdek, ushbu tadbirda o‘rmon xo‘jaligi agentligi direktori Erkin Muhiddinov, Agentlikning mas’ul rahbar va xodimlari, hududiy davlat o‘rmon xo‘jaliklari xodimlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan.

“Bilamizki, yurtimizda ekologik barqarorlikni ta’minlashda o‘rmonlarning o‘rni katta. Shu maqsadda oxirgi yillarda o‘rmon xo‘jaligi sohasida samarali loyihalar amalga oshirilmoqda. Bu esa tizimda mehnat qilayotgan har bir xodimga yanada mas’uliyat yuklaydi. Prezidentimizning bevosita e’tibori bilan bugun hududlarga zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalarining berilayotgani soha xodimlariga yanada mas’uliyat yuklaydi. Yanada kuch-g‘ayrat va shijoat bilan ishlashga undaydi”, – deydi E.Muhiddinov.

Zamonaviy texnikalar yong‘inga qarshi kurashish, terassa usulida o‘rmonlar barpo etish, ko‘chat ekish va ekilgan ko‘chatlarni sug‘orish uchun mo‘ljallangan. Endilikda respublika hududlarida ushbu maxsus texnikalar yordamida yashillik darajasini yanada oshirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasini keng ko‘lamda davom ettirish orqali ekologik barqarorlikni ta’minlash imkoniyati yanada kengayadi.


O‘zbekiston


														
														4-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

4-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 15-17 daraja, kunduzi 33-35 daraja bo‘ladi.
22:10 / 03.05.2025

														
														Samarqandda yigit qiz bola sinfdoshidan tiz cho‘kib kechirim so‘radi

Samarqandda yigit qiz bola sinfdoshidan tiz cho‘kib kechirim so‘radi

Samarqand viloyati Paxtachi tumani 21-maktab o‘quvchilari aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘l…
21:27 / 03.05.2025

														
														Metandan so‘ng propan ham 21 foizga oshdi

Metandan so‘ng propan ham 21 foizga oshdi

Metanning keskin ko‘tarilishi fonida sakkiz kun ichida propan narxi 1130 so‘mdan ortiqqa yoki 21,4 foizga oshgan.
19:07 / 03.05.2025

														
														O‘zbekiston TIV Rossiyadagi mehnat muhojirlarining huquqlari yuzasidan xavotir bildirdi

O‘zbekiston TIV Rossiyadagi mehnat muhojirlarining huquqlari yuzasidan xavotir bildirdi

2025-yilning 2-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari B.Usmonov Rossiyaning O‘zbekistondagi elch…
16:07 / 03.05.2025

														
														Mirziyoyev Putin bilan telefon orqali muloqot qildi

Mirziyoyev Putin bilan telefon orqali muloqot qildi

Rossiya Prezidentining o‘tgan yil may oyidagi O‘zbekistonga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshiris…
15:28 / 03.05.2025

														
														Andijondagi YTHda Gentra devorni yorib o‘tdi

Andijondagi YTHda Gentra devorni yorib o‘tdi

Hozirda, mazkur holat yuzasidan Buloqboshi tumani IIB YHXG mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
15:11 / 03.05.2025

														
														Joriy yilgi haj mavsumi qachondan boshlanishi ma’lum qilindi

Joriy yilgi haj mavsumi qachondan boshlanishi ma’lum qilindi

O‘zbekistondagi 2025-yilgi haj mavsumi 13-maydan boshlanadi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar…
14:15 / 03.05.2025

														
														Toshkentda Orlando yonib ketdi

Toshkentda Orlando yonib ketdi

Bugun, 3-may kuni soat 11:52 da Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Furqat ko‘chasida Orlando rusumli avtomobilda yong‘in …
12:52 / 03.05.2025

														
														Ertaga O‘zbekistonda havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi

Ertaga O‘zbekistonda havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi

“O‘zgidromet” bunday harorat may oyining boshiga qaraganda ko‘proq yoz mavsumi uchun xos ekanini ma’lum qildi.
12:16 / 03.05.2025

														
														Bugun Green Card javoblari chiqadi

Bugun Green Card javoblari chiqadi

AQShning xilma-xillik viza dasturiga 2026-yil uchun berilgan arizalar (DV-2026) javoblari bugun, 3-may kuni e’lon qilinadi.
10:02 / 03.05.2025

Bu ham qiziq

Rayan Garsiya faoliyatidagi ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qildi

Rayan Garsiya faoliyatidagi ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qildi

Nyu-Yorkdagi “Times Square” arenasida professional boks oqshomi bo‘lib o‘tdi.
12:28 / 03.05.2025
Istanbuldagi zilzilada 4 mingdan ziyod bino zarar ko‘rgani ma’lum bo‘ldi

Istanbuldagi zilzilada 4 mingdan ziyod bino zarar ko‘rgani ma’lum bo‘ldi

Vazir, shuningdek, zararni baholash ishlari hali o‘z yakuniga yetmaganini qo‘shimcha qildi.
19:56 / 02.05.2025
Bugun Sergeli tumanining ayrim hududlariga gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

Bugun Sergeli tumanining ayrim hududlariga gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

“Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi”, – deb xabar bermoqda “Hududgaz poytaxt” GTF.
08:49 / 03.05.2025
Metandan so‘ng propan ham 21 foizga oshdi

Metandan so‘ng propan ham 21 foizga oshdi

Metanning keskin ko‘tarilishi fonida sakkiz kun ichida propan narxi 1130 so‘mdan ortiqqa yoki 21,4 foizga oshgan.
19:07 / 03.05.2025
O‘zbekiston TIV Rossiyadagi mehnat muhojirlarining huquqlari yuzasidan xavotir bildirdi

O‘zbekiston TIV Rossiyadagi mehnat muhojirlarining huquqlari yuzasidan xavotir bildirdi

2025-yilning 2-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari B.Usmonov Rossiyaning O‘zbekistondagi elch…
16:07 / 03.05.2025
Farg‘onada 597 mln so‘mlik tabiiy gaz o‘g‘irlagan “zapravka” aniqlandi

Farg‘onada 597 mln so‘mlik tabiiy gaz o‘g‘irlagan “zapravka” aniqlandi

Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida 597,2 mln so‘mlik tabiiy gazni o‘g‘irlagan avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasi a…
21:44 / 02.05.2025
O‘zbekistonning matbuot erkinligi reytingidagi o‘rni o‘zgarishsiz qoldi

O‘zbekistonning matbuot erkinligi reytingidagi o‘rni o‘zgarishsiz qoldi

“Chegara bilmas muxbirlar” matbuot erkinligi indeksini e’lon qildi. Tarixda ilk bor dunyodagi matbuot erkinligi holati “og‘i…
16:02 / 02.05.2025
Mirziyoyev Putin bilan telefon orqali muloqot qildi

Mirziyoyev Putin bilan telefon orqali muloqot qildi

Rossiya Prezidentining o‘tgan yil may oyidagi O‘zbekistonga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshiris…
15:28 / 03.05.2025
Turkiya Netanyaxuning Ozarbayjonga tashrifi chog‘ida uning samolyotiga havo hududini ochmaydi

Turkiya Netanyaxuning Ozarbayjonga tashrifi chog‘ida uning samolyotiga havo hududini ochmaydi

Qaror Suriyadagi vaziyatning keskinlashuvi fonida qabul qilingan bo‘lishi mumkin.
08:30 / 04.05.2025
O‘zbekiston Afg‘oniston bilan Amudaryo suv havzasini birgalikda boshqarishga kelishib oldi

O‘zbekiston Afg‘oniston bilan Amudaryo suv havzasini birgalikda boshqarishga kelishib oldi

Bu haqda, Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.
10:00 / 02.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!