$
12924.92 UZS
-13.09
159.94 UZS
1.21
14620.67 UZS
-52.33
36° Kechasi 22°

Asr transferi – Barselonadan Madridgacha…

18:27 / 05.05.2025

Futbol – cheksiz hissiyot. Bugun millionlar o‘yini, u beradigan zavq, insoniyatning sportga va sog‘lom hayotga bo‘lgan ishtiyoqini chandon oshirmoqda. Dunyoda tomoshabopligi bo‘yicha yetakchilik qiluvchi ushbu sport turi ko‘plab insonlarning hayoti mazmuniga aylangan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Futbol bir olam bo‘lsa, undagi transferlar bozori yana bir katta mavzudir. Bugun sizlar bilan futbol olamidagi eng shov-shuvli bo‘lishi bilan birgalikda katta ziddiyatlarga ham sabab bo‘lgan mashhur transferni yodga olamiz. 1972-yil 4-noyabrda Portugaliyaning Lissabon shahrida keyinchalik futbolda qobiliyati, texnikasi va o‘ta yuqori dribling bilan tanilgan bolakay tug‘iladi.

Picture background

U futbol afsonasi Luish Figo edi. Luish dastavval mahalliy “Sporting”da keyinchalik Ispaniyaning ikki grand jamoasi tashkil etib beruvchi futbol klassikasi hisoblanmish “El-Klassiko” tarkibidagi har ikki jamoada to‘p suradi. Bunday futbolchilar ko‘p dersiz, ha, ular safiga bugungi kunda murabbiylik faoliyatida ham katta yutuqlarga erishayotgan Luis Enrike yoki Samuel Eto‘o kabi sobiq futbolchilarni qo‘shish ham mumkindir, balki. Ammo, tarixda “Barselona” va “Real Madrid” o‘rtasida hech qachon bu qadar ziddiyatli transfer sodir bo‘lmagan.

Bu qanday amalga oshgan?

Figoning 2000-yilda Kataloniyadan Madridga safari nafaqat futbol tarixidagi eng shov-shuvli transfer, balki sport biznesini va muxlislik madaniyatini tubdan o‘zgartirgan olamshumul voqea bo‘ldi. Portugaliyalik futbolchi 1995-yilda “Sporting” klubidan “Barselona”ga ko‘chib o‘tgan va Kataloniya klubida besh yil davomida o‘zini nafaqat asosiy o‘yinchi, balki jamoa sardori va ramzi sifatida ko‘rsata olgan edi. U Katalon jamoasida ikki marta La Liga chempionligini (1997–1998, 1998–1999), ikki marta Ispaniya Kubogini (1996–1997, 1997–1998) va bir marta UEFA Kubogini (1996–1997) qo‘lga kiritgan.

Picture background

Ajoyib texnikasi, aniq paslari, driblingi va o‘yinni boshqara olish qobiliyati tufayli u “Barsa” muxlislarining suyuklisiga aylangan edi.

2000-yilning yoziga kelib, “Real Madrid”da prezidentlik saylovlari oldidan nomzod Florentino Peres saylovoldi va’dalarining eng kattasi sifatida aynan Figoni ko‘rsatdi. Peres Madrid klubi prezidentligiga keladigan bo‘lsa, Figoni jamoaga olib kelishini aytdi. Futbol jamoatchiligining katta qismi bu va’daga ishonmagan edi. Ammo u Figo va agenti Xose Veyga bilan maxfiy kelishuvga erishib bo‘lgan edi. Bitim quyidagi shartlardan iborat bo‘lgan: Peres saylovda g‘alaba qozonsa, “Real Madrid” Figoning shartnomasida ko‘rsatilgan 60 million yevro tovon pulini to‘lab, futbolchini Madridga olib keladi. Agarda teskarisi bo‘lsa va Peres yutqazsa, u futbolchiga 2.4 million yevro kompensatsiya to‘laydi.

Picture background

Hammasi silliq kechdi Peres saylovda muvaffaqiyatga erishdi va va’dasini bajardi — Figo 60 million yevro evaziga “Qirollik klubi” futbolchisiga aylandi. Bu o‘sha vaqt uchun rekord mablag‘ va futbol tarixidagi eng qimmat transferga aylandi. Shuni ham ta’kidlab o‘tish joiz, Figo transferida birinchi marta jiddiy ravishda tovon puli bandi ishga tushirildi. Ispaniya chempionati qoidalariga ko‘ra futbolchining shartnomasida ko‘rsatilgan tovon pulini qaysidir jamoa to‘lamoqchi bo‘lsa, klub o‘z o‘yinchisini ushlab qolishga haqqi yo‘q. Bunda so‘nggi qaror va tanlov futbolchida qoladi.

Shunday qilib, portugaliyalik vinger 2000-yilning 24-iyulida rasmiy ravishda “Real Madrid” futbolchisi sifatida tanishtirildi. U Madridda yillik 6 million yevro maosh oladigan shartnomaga imzo chekdi. Tabiiyki, bu transfer “Real”ning ashaddiy raqibi bo‘lgan “Barselona” muxlislari uchun og‘ir zarba bo‘ldi. Sababi, Luish doimiy “Barselona”ga sadoqatini bildirib, jamoani shunchaki tark etmasligini aytib kelar edi. Kataloniya matbuoti va muxlislari uni “xiyonatchi” deb atashdi. 2000-yilning 21-oktyabrida Figo “Qaymoqranglilar” formasida ilk bor Kataloniyaga qaytdi. “Kamp Nou”da 98 ming muxlis unga qarata hayqirgancha, nafrat bilan kutib oldi. O‘yin davom etar ekan, u burchak zarbasini amalga ochirish uchun maydon chetiga yaqinlashgan vaqtda, muxlislar maydonga shisha, olma, tangalar va hatto cho‘chqa boshi ham uloqtiradilar.

Picture background

Keyinchalik, aynan cho‘chqa boshi tasviri bu voqeaning timsoliga aylandi va futbol tarixidagi eng mashhur kadrlar qatoriga kirdi.

Figo “Real Madrid” tarkibida 2000–2005 yillar oralig‘idagi faoliyati davomida ikki marta La Liga chempioni (2000–2001, 2002–2003), ikki marta Ispaniya Superkubogi g‘olibi (2001, 2003), UEFA Chempionlar Ligasi (2001–2002), UEFA Superkubogi (2002) va Interkontinental Kubok (2002) sovrinlarini qo‘lga kiritgan.

Picture background

Luish Figo ko‘plab tanqid va shov-shuvlarga sabab bo‘lgan mavsumda, 2000-yil oxirida, aynan madridliklar tarkibida Ballon d’Or — yilning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qo‘lga kiritadi.

Picture background

Figoning transferi “Real Madrid” tarixida yangi davr — Galácticos siyosatini boshlab beradi. Klub keyingi yillarda o‘z afsonalari Zidan (2001), Ronaldo (2002), Bekham (2003) kabi dunyoning eng mashhur “brend” yulduzlarini xarid qila boshlaydi. Peres intervyularining birida Figoni “Galacticos davrining tamal toshi” deb ataydi.

Luish Figo futbolchilik faoliyatini yakunlagandan so‘ng The Guardian nashriga bergan intervyusida “Agar bu Madrid bo‘lmaganida, balki ketmagan bo‘lardim”, – deya aytib o‘tadi.

Picture background

Figoning ashaddiy raqiblarning biridan boshqasiga o‘tishi futbol tarixidagi eng keskin va hissiyotlarga boy transferlardan biri bo‘lib qoldi. Luishning ushbu qarori millionlab muxlislar qalbini larzaga solib, ikkala jamoa o‘rtasida muxlislik va raqobatni “alangalatib” berdi. Bu transfer Figo familiyasini doimiy muhokama markaziga aylantiribgina qolmasdan, sportda raqobat va tanlovning ta’siri naqadar yuqoriligini ham namoyon etdi.

Tayyorladi: Azimjon Shodmonov


Futbol


														
														Asr transferi – Barselonadan Madridgacha…

Asr transferi – Barselonadan Madridgacha…

Figoning 2000-yilda Kataloniyadan Madridga safari nafaqat futbol tarixidagi eng shov-shuvli transfer, balki sport biznesini …
18:27 / 05.05.2025

														
														OFK Elit Chempionlar Ligasi. “Al-Ahli” chempionlikni nishonladi

OFK Elit Chempionlar Ligasi. “Al-Ahli” chempionlikni nishonladi

OFK Chempionlar Ligasi final bahsida Saudiya Arabistonining “Al-Ahli” va Yaponiyaning “Kavasaki Frontale” jamoalari bahslash…
09:35 / 04.05.2025

														
														YeChL.  “Arsenal” o‘z uyida PSJni qabul qiladi

YeChL. “Arsenal” o‘z uyida PSJni qabul qiladi

Bugun, 29-aprel kuni 2024/25-yilgi mavsum Yevropa Chempionlar ligasi yarim finalining ilk bahsi Londonda start oladi.
15:27 / 29.04.2025

														
														FIFA O‘zbekiston U-17 terma jamoasi hujumchisi  Asilbek Aliyevni e’tirof etdi

FIFA O‘zbekiston U-17 terma jamoasi hujumchisi  Asilbek Aliyevni e’tirof etdi

Tashkilot rasmiy sahifasida Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan Osiyo kubogida porlagan 6 nafar futbolchi haqida maqola chop …
15:00 / 24.04.2025

														
														Bugun O‘zbekiston U17 terma jamoasi Osiyo chempionligi uchun o‘ynaydi

Bugun O‘zbekiston U17 terma jamoasi Osiyo chempionligi uchun o‘ynaydi

Bugun, 20-aprel futbol bo‘yicha U17 yosh toifasidagi Osiyo kubogining so‘nggi hal qiluvchi final bahsida O‘zbekiston terma j…
12:51 / 20.04.2025

														
														A Seriya. “Roma”da g‘alaba, Shomurodov yana eng yaxshisi

A Seriya. “Roma”da g‘alaba, Shomurodov yana eng yaxshisi

Kecha, 19-aprel kuni bo‘lib o‘tgan A Seriya 33-tur uchrashuvida “Roma” o‘z maydonida “Verona”ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi.
09:52 / 20.04.2025

														
														“Manchester Siti” “Everton”ni mag‘lub qildi, Husanov bu safar ham zaxirada qoldi

“Manchester Siti” “Everton”ni mag‘lub qildi, Husanov bu safar ham zaxirada qoldi

APLning 33-turidan o‘rin olgan “Everton: - “Manchester Siti” bellashuvi bo‘lib o‘tdi.
21:11 / 19.04.2025

														
														YeChL. “Real” turnirni tark etdi, “Inter” “San-Siro”da iroda ko‘rsatdi

YeChL. “Real” turnirni tark etdi, “Inter” “San-Siro”da iroda ko‘rsatdi

Bugun UEFA Chempionlar Ligasi chorak final javob o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
09:23 / 17.04.2025

														
														APL. “Manchester Siti” kambek amalga oshirib, g‘alaba qozondi

APL. “Manchester Siti” kambek amalga oshirib, g‘alaba qozondi

O‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov Gvardiola tomonidan qatorasiga 3-o‘yinda maydonga tushirilmadi.
18:47 / 12.04.2025

														
														Husanov maydonga qaytadimi?

Husanov maydonga qaytadimi?

YeChL yo‘llanmasi uchun kurashayotgan “Man Siti” “Kristal Pelas”ni qabul qiladi.
11:55 / 12.04.2025

Bu ham qiziq

Sirdaryoda ayol 7 oylik chaqalog‘ini ko‘chaga tashlab ketdi

Sirdaryoda ayol 7 oylik chaqalog‘ini ko‘chaga tashlab ketdi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan 1 yoshga to‘lmagan bolani onasi ko‘chaga tashlab ketganligi to‘g‘risida videoxabar yuzasidan …
21:30 / 05.05.2025
Toshkentda Damas va Cobalt yonib ketdi

Toshkentda Damas va Cobalt yonib ketdi

FVB tomonidan yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘qligi ma’lum qilindi.
13:00 / 06.05.2025
AQShni ixtiyoriy tark etadigan noqonuniy muhojirlarga 1000 dollardan beriladi

AQShni ixtiyoriy tark etadigan noqonuniy muhojirlarga 1000 dollardan beriladi

Qayd etilishicha, AQSh Ichki ishlar vazirligi endilikda noqonuniy muhojirlarga vatanga qaytish safarlari uchun moliyaviy yor…
10:52 / 06.05.2025
Qamchiq dovonida transport harakati tiklandi

Qamchiq dovonida transport harakati tiklandi

“Maxsus o‘quv mashg‘ulotlari yakunlanib, transportlarning harakati qayta tiklandi”, – deya xabar bermoqda YHXX axborot xizma…
14:57 / 06.05.2025
Toshkentda Lacetti gaz quvuriga borib urildi

Toshkentda Lacetti gaz quvuriga borib urildi

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
10:31 / 06.05.2025
“Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan qo‘shimcha temiryo‘l qatnovlari tashkil etiladi

“Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan qo‘shimcha temiryo‘l qatnovlari tashkil etiladi

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi xabar berdi.
20:15 / 06.05.2025
Endi shubhali pul o‘tkazmalariga aloqador bank kartalari bloklanadi

Endi shubhali pul o‘tkazmalariga aloqador bank kartalari bloklanadi

Qarorga ko‘ra, voyaga yetmaganlar banklarda hisobraqamlari va bank kartalarini ochishi bo‘yicha talablar ishlab chiqiladi.
12:10 / 06.05.2025
Aholining dam olishi uchun foydalaniladigan yerlarni xususiylashtirish  taqiqlanadi

Aholining dam olishi uchun foydalaniladigan yerlarni xususiylashtirish  taqiqlanadi

Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
08:39 / 06.05.2025
Endi quduqlarni ruxsatsiz burg‘ilash ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi

Endi quduqlarni ruxsatsiz burg‘ilash ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi

O‘zbekistonda yerosti suvlariga quduqni qonunga xilof ravishda burg‘ilash ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘lishi belgilandi.
15:21 / 06.05.2025
Andijon viloyatida Kanadaga ishga yuborishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Andijon viloyatida Kanadaga ishga yuborishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilm…
18:41 / 05.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!