$
12895.55 UZS
15.2
159.38 UZS
2.7
14338.56 UZS
-196.91
35° Kechasi 21°

“Onlayn platforma va veb-saytlar foydalanuvchilarining huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi

12:25 / 12.05.2025

Internet va ijtimoiy tarmoqlar fuqarolarning axborotga bo‘lgan ehtiyojini tezkor qondirish, jamiyatdagi dolzarb muammolarni muhokama qilishda muhim vositaga aylangan.

2017/2025-yillarda Internet foydalanuvchilari soni 14,7 mln.dan 32,7 mln.ga oshgan.  Eng ommabop platformalar orasida –

Telegram’da 28 mln.,
Odnoklassniki’da 19,2 mln.,
Facebook’da 2,3 mln.,
VKontakte’da 1,5 mln.,
LinkedIn’da 850 ming,
Twitter’da 250 ming nafar o‘zbekistonlik foydalanuvchi mavjud.

Bugungi kunda onlayn platformalar foydalanuvchilari qanday huquqlarga egaligi borasida qonunchilikda aniq normalar mavjud emas, axborot tarqatishga oid talablar esa milliy qonunchilikda tizimli va yetarli darajada tartibga solinmagan, tarqoq holda belgilangan.

Internet foydalanuvchilarining huquqlarini himoya qilish borasida rivojlangan davlatlar ijobiy amaliyoti o‘rganildi. Yevropa Ittifoqi “Raqamli xizmatlar to‘g‘risida”gi qonuni orqali onlayn platformalar uchun yuqori standartlarni joriy etdi. Germaniyada 2 mln.dan ortiq foydalanuvchiga ega platformalarga noqonuniy kontentni 24 soat ichida o‘chirish majburiyati yuklangan. Fransiya internetda nafrat, terrorizm va bolalar pornografiyasiga qarshi qat’iy choralar ko‘rishni, Turkiya xorijiy kompaniyalarga mahalliy vakil tayinlashni talab etgan. Qozog‘iston blogerlar va platformalar faoliyatini tartibga solishga qaratilgan huquqiy asosni shakllantirdi.

Internet foydalanuvchilarining huquqlarini himoya qilish zaruratidan kelib chiqib, turli davlat va jamoat tashkilotlari, media sohasi ekspertlari ishtirokida “Onlayn-platforma va veb-saytlar foydalanuvchilarining huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi.

Unda onlayn-platformalar sohasidagi amaldagi qonunchilik sezilarli liberallashtirilib, tartibga solishdagi mavjud bo‘shliqlarni bartaraf etishga qaratilgan normalar nazarda tutilmoqda.

Qonun loyihasining asosiy maqsadlari va prinsiplari:

- qonuniylik – onlayn muhitdagi barcha faoliyat qonun doirasida amalga oshiriladi;

- foydalanuvchilar huquqlarining ustuvorligi – foydalanuvchilarning ma’lumot olish, fikr bildirish va xavfsiz internetdan foydalanish huquqlari ta’minlanadi;

- senzuraga yo‘l qo‘yilmasligi – qonun bilan taqiqlanmagan kontentga nisbatan erkinlik kafolatlanadi;

- shaffoflik va xavfsizlik – noqonuniy kontentning tarqalishiga qarshi kurashiladi va shaxsiy ma’lumotlarning xavfsizligi ta’minlanadi.

Ushbu qonun loyihasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan ommaviy axborot vositalarining Internet jahon axborot tarmog‘idagi veb-saytlariga nisbatan tatbiq etilmaydi. Ularning faoliyati  “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi qonun bilan tartibga solingan.

Qonun loyihasi bilan vakolatli organ bilan tizimli ravishda hamkorlik qilmay kelayotgan onlayn-platformalarga O‘zbekiston hududida kirish tezligini sud qarori asosida pasaytirish nazarda tutilmoqda. Butunlay bloklash amaliyotidan voz kechilmoqda.

Shuningdek, amaldagi qonunchilikdagi blogerlarga majburiyat sifatida ko‘rsatilgan bajarishi qiyin bo‘lgan normalar qayta ko‘rib chiqilgan.

Qonun loyihasi bilan anonim profillarga, kanal va guruhlarga qarshi kurashishning zamonaviy yechimi taklif etilmoqda.

Qonun loyihasida onlayn-platforma va veb-saytlardagi kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish masalalariga ham alohida e’tibor qaratilgan.

Muhim jihatlardan biri – fishing va spam resurslar ham noqonuniy axborot (kontent) jumlasiga kiritilmoqda.

Yangi qonun loyihasi orqali yangi javobgarlik choralari, jarimalar belgilanishi ko‘zda tutilmagan, yuqoridagi majburiyatlarni bajarmagan taqdirga ularga nisbatan huquqiy choralar sifatida moliyaviy sanksiyalar yoki boshqa jazo turlari ko‘zda tutilmagan.

Qonun loyihasi bugundan e’tiboran jamoatchilik muhokamasi uchun ochiq! Ushbu havola orqali qonun loyihasi bilan tanishing va taklif-mulohazalaringizni bildiring:

Qonun loyihasiga ko‘ra qanday natijalar kutilmoqda?

Qonun loyihasining asosiy yo‘nalishlari nimalardan iborat?

Batafsil ushbu havolada: https://shorturl.at/5LM4B


O‘zbekiston


														
														Toshkentda yangi BRT yo‘lagi quriladi

Toshkentda yangi BRT yo‘lagi quriladi

Mazkur yo‘lak yo‘lning chetki qismida emas, balki uning o‘rtasidan o‘tadi. Bu esa ilgarigi tramvay izlarini eslatadi.
12:08 / 13.05.2025

														
														O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etiladi

Farmonga ko‘ra, bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari bo‘yicha ta’lim olish uchun eng munosib nomzodlarni sar…
10:27 / 13.05.2025

														
														Rossiyaning Maxachqal’a shahridan Toshkentga parvozlar kechikishi mumkin

Rossiyaning Maxachqal’a shahridan Toshkentga parvozlar kechikishi mumkin

Bu haqda Uzbekistan Airways matbuot xizmati xabar bermoqda.
10:01 / 13.05.2025

														
														Endi kambag‘al oilalar “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga ajratiladi

Endi kambag‘al oilalar “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga ajratiladi

Prezident farmoniga muvofiq, 2025-yil 15-maydan boshlab Kambag‘al oilalar reyestridagi va unga tushish xavfi bo‘lgan oilalar…
08:58 / 13.05.2025

														
														13-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

13-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 19-21 daraja, kunduzi 35-37 daraja bo‘ladi.
22:36 / 12.05.2025

														
														Noqonuniy valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Noqonuniy valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazi…
21:37 / 12.05.2025

														
														Mas’ud Pezeshkiyon O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripovni qabul qildi

Mas’ud Pezeshkiyon O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripovni qabul qildi

Eron Islom Respublikasi Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon rasmiy tashrif bilan Tehron shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston Respubl…
20:32 / 12.05.2025

														
														Sloveniyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Sloveniyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Sloveniyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Alenka Suhadolnikda…
19:18 / 12.05.2025

														
														Qamchiq dovonida mashina kabinasiga qisilib qolgan yo‘lovchi qutqarildi

Qamchiq dovonida mashina kabinasiga qisilib qolgan yo‘lovchi qutqarildi

Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida 2 nafar fuqarolar qutqarilib, tez tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan, s…
16:18 / 12.05.2025

														
														Raqamli dunyoda huquqlarni himoya qilish: yangi qonun loyihasi onlayn platformalarga qanday majburiyatlar yuklaydi

Raqamli dunyoda huquqlarni himoya qilish: yangi qonun loyihasi onlayn platformalarga qanday majburiyatlar yuklaydi

Biz har kuni aksariyat vaqtimizni ijtimoiy tarmoqlarga bag‘ishlaymiz: kayfiyatimizni ko‘tarish, yangiliklarni bilish yoki do…
15:14 / 12.05.2025

Bu ham qiziq

Afg‘onistonda shaxmat taqiqlandi

Afg‘onistonda shaxmat taqiqlandi

“Tolibon” bu o‘yinni man etib, mamlakat shaxmat federatsiyasini yopishga qaror qildi.
12:31 / 11.05.2025
UFC 315. Bilol Muhammad mag‘lub etildi, Maddalena – yangi chempion

UFC 315. Bilol Muhammad mag‘lub etildi, Maddalena – yangi chempion

Kanadaning Monreal shahrida UFC 315 turniri o‘z yakuniga yetdi.
10:53 / 11.05.2025
Hafta boshida havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi

Hafta boshida havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi

“O‘zgidromet” 12–14-may kunlari kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
09:26 / 11.05.2025
Noqonuniy valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Noqonuniy valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazi…
21:37 / 12.05.2025
12-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

12-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 18-20 daraja, kunduzi 34-36 daraja bo‘ladi.
05:23 / 12.05.2025
Endi kambag‘al oilalar “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga ajratiladi

Endi kambag‘al oilalar “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga ajratiladi

Prezident farmoniga muvofiq, 2025-yil 15-maydan boshlab Kambag‘al oilalar reyestridagi va unga tushish xavfi bo‘lgan oilalar…
08:58 / 13.05.2025
Ukraina O‘zbekistonning 3 ta kompaniyasiga nisbatan sanksiyalar qo‘llaydi

Ukraina O‘zbekistonning 3 ta kompaniyasiga nisbatan sanksiyalar qo‘llaydi

Ukraina uchta O‘zbekiston kompaniyasi va bir O‘zbekiston fuqarosiga qarshi sanksiyalar kiritdi. Tegishli farmonni prezident …
18:38 / 11.05.2025
Andijon viloyati hokimligi viloyat rahbariga qo‘yilgan ayblovlarni rad etadi

Andijon viloyati hokimligi viloyat rahbariga qo‘yilgan ayblovlarni rad etadi

Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonovning voyaga yetmaganga nisbatan noqonuniy xatt…
19:53 / 11.05.2025
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etiladi

Farmonga ko‘ra, bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari bo‘yicha ta’lim olish uchun eng munosib nomzodlarni sar…
10:27 / 13.05.2025
Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi sulh boshlanmasdan nihoyasiga yetdi

Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi sulh boshlanmasdan nihoyasiga yetdi

Eslatib o‘tamiz, kecha AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan to‘liq otashkesim e’lon qilingan va Hindiston va Pokiston rasm…
19:06 / 11.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!