$
12935.27 UZS
39.72
160.47 UZS
1.09
14367.20 UZS
28.64
36° Kechasi 22°

Raqamli dunyoda huquqlarni himoya qilish: yangi qonun loyihasi onlayn platformalarga qanday majburiyatlar yuklaydi

15:14 / 12.05.2025

Biz har kuni aksariyat vaqtimizni ijtimoiy tarmoqlarga bag‘ishlaymiz: kayfiyatimizni ko‘tarish, yangiliklarni bilish yoki do‘stlar bilan muloqot uchun turli platformalardan foydalanamiz. Facebook, Instagram, YouTube va boshqa tarmoqlar hayotimizning ajralmas qismiga aylandi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonda 30 milliondan ortiq aholi internet tarmog‘idan foydalanadi. NapoleonCat portali 2024-yilda Instagram’dan 9 million 420 ming, Facebook’dan deyarli 10 million o‘zbekistonlik foydalanishini qayd etgan. Raqamlar yil sayin ortib bormoqda.

Bugungi kunda Internet va ijtimoiy tarmoqlar nafaqat ko‘ngilochar, ma’rifiy yoki texnologik kontentlar taqdim etmoqda, balki yangi tahdidlarning vujudga kelishiga sabab bo‘lyapti. Jumladan, dezinformatsiya, kiberbulling, zararli havolalar, onlayn firibgarlik holatlari ko‘paymoqda.

Yana raqamlarga murojaat qilsak. 2024-yilda onlayn platformalarda firibgarlik maqsadida fishing, dipfeyk, soxta profillar va zararli havolalarni tarqatish bilan bog‘liq 19 ming 295 ta, zo‘ravonlik, shafqatsizlik, sog‘liqqa zarar yetkazish bilan bog‘liq 274 ta, narkotiklar, psixotrop moddalar va prekursorlar reklamasi bilan bog‘liq 18 ming 393 ta holat aniqlandi.

Bunday vaziyatda tarmoqda foydalanuvchilar huquqlarini himoya qilish, noqonuniy kontentga qarshi kurash masalasi har qachongidan ham dolzarb ahamiya kasb etmoqda.

 

Onlayn platforma va veb-saytlar faoliyatini tartibga solishda xorij tajribasi qanday?

Masalan, Germaniyada 2017-yilda “Ijtimoiy tarmoqlarda huquqni qo‘llashni takomillashtirish to‘g‘risida”gi qonun (“Facebook to‘g‘risida”gi qonun sifatida mashhur) qabul qilingan. Ushbu hujjat yirik platformalar, jumladan, Facebook, Twitter, YouTube va boshqalarga Germaniya jinoyat kodeksining tegishli moddasiga ko‘ra “noqonuniy kontent” deb topilgan materiallarni darhol o‘chirish majburiyatini yuklaydi.

Fransiyada 2020-yilda “Internetda nafratni qo‘zg‘ashga qarshi kurash to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinib, u onlayn platformalarni noqonuniy kontentni sud qarorisiz o‘chirish majburiyatini yuklaydi hamda shikoyat qanoatlantirilmagan taqdirda platformalarga jarima qo‘llash huquqini beradi. Shu bilan bir qatorda, ushbu qonunga binoan ijtimoiy tarmoqlarning Fransiya hududida qonuniy vakili bo‘lishi shart.

Ushbu hujjatga ko‘ra, noqonuniy kontentni joylashtirgan platformalar 250 ming yevrogacha, bunday materiallarni belgilangan muddatlarda o‘chirishdan bosh tortganlar 1,25 million yevrogacha jarimaga tortilishi mumkin.

Turkiyada 2020-yildan boshlab xorijiy IT-kompaniyalar mamlakat hududida o‘z vakolatxonasini ochishi kerakligi belgilangan. 2020-yil noyabrida mazkur tartibni bajarmagan bir qator yirik platformalar (Facebook, Twitter, Instagram, Periscope, Youtube, TikTok)ga 1 million yevrodan jarima solingan.

 

Yangi qonun loyihasi ijtimoiy tarmoq va veb-saytlarga qanday majburiyatlar qo‘ymoqda?

Joriy yilning 10-may kuni muhokamaga qo‘yilgan “Onlayn-platforma va veb-saytlar foydalanuvchilarining huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasida bir qator muhim o‘zgarish va yangiliklar bayon qilingan.

Avvalo, qonun loyihasidan ko‘zlangan eng asosiy maqsad – O‘zbekistonda ijtimoiy tarmoqlar faoliyatini tartibga solish, oddiy foydalanuvchilar huquqlarini himoya qilishdan iborat. Mazkur hujjat raqamli platforma va veb-saytlarga bir qator majburiyatlar yuklaydi.

Birinchidan, qonun loyihasiga ko‘ra, onlayn platformalar noqonuniy kontent – feyk xabarlar, narkotik reklamasi yoki tahqirlovchi materiallarni tezkorlik bilan o‘chirishi kerak. Masalan, agar Siz ijtimoiy tarmoqdagi biror-bir sahifadan shu mazmundagi postni ko‘rsangiz va bu haqda xabar bersangiz, platforma uni o‘chirishga majbur bo‘ladi.

Qonun loyihasi bilan shaxsiy ma’lumotlar daxlsizligi mustahkamlanmoqda. Platformalar uchinchi shaxslarga foydalanuvchilar haqida ma’lumotlarni uning roziligisiz taqdim etmasligi belgilangan.

Yana bir muhim nuqtalardan biri – onlayn-platforma foydalanuvchilarini moliyaviy xarakterdagi muayyan harakatlarni bajarishga aldov yo‘li bilan majbur qiladigan chalg‘ituvchi interfeyslardan foydalanishi taqiqlanmoqda. Bu turli moliyaviy firibgarlik bilan bog‘liq reklamalarning cheklanishiga olib keladi.

Qonun bilan onlayn platformalarga vakolatli organ (AOKA) bilan o‘zaro aloqalarni olib borish uchun Fuqarolik kodeksiga asosan o‘zining vakilini tayinlash majburiyati ham nazarda tutilgan. Bu O‘zbekistonning global miqyosdagi ijtimoiy tarmoqlar va platformalar bilan aloqalari mustahkamlanishiga, ularning O‘zbekiston qonunchiligi doirasida faoliyat olib borishiga yordam beradi.

Qonun loyihasida veb-saytlarga ham bir qator majburiyatlar bayon qilingan. Eng avvalo, veb-saytlar o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi asosida yuritishi belgilangan.

Ikkinchidan, veb-saytlarga shaxsning huquq va erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish majburiyati yuklandi. Bu turli resurslar orqali anonim xabarlar, fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatini tahqirlashga qaratilgan materiallarning tarqatilishiga qarshi kurashga yordam beradi. Yana bir muhim jihati – veb-saytlar noqonuniy kontent joylashtirmaslik va uni tarqatmaslik, uning mavjudligi aniqlangan taqdirda sayt ma’muriyati tomonidan o‘chirilishi lozimligi belgilab qo‘yilmoqda.

Bundan tashqari, ixtiyoriy homiylik mablag‘larini yig‘ishda qonunchilikka, jumladan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya qilish majburiyati yuklanmoqda.

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, qonun loyihasi, birinchi navbatda, foydalanuvchilar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan. Unga amal qilish orqali tarmoqlardagi ko‘plab salbiy tendensiyalar, noqonuniy axborot tarqatilishi holatlariga qarshi samarali kurashish mumkin.

Qonun loyihasi onlayn platformalar va veb-saytlar oldiga aniq majburiyatlar qo‘ymoqda. Bu so‘z erkinligini cheklash emas, balki toza va qonuniy o‘yin qoidalarini o‘rnatishdir. Mazkur hujjat loyihasi, shuningdek, O‘zbekistonning axborot suverenitetini mustahkamlashga yordam beradi.

Ijtimoiy tarmoqlar o‘z faoliyatini shaffof va qonunlarga amal qilgan olib borishi natijasida yanada xavfsizroq, yanada yaxshiroq “raqamli muhit”ni yaratishimiz mumkin. Qonun loyihasi qabul qilinishi natijasida qonunchilikni buzgan resurslar va platformalarga qarshi samarali choralar ko‘rishga erishish mumkin.

Nigora XODJAYEVA, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bo‘limi boshlig‘i


O‘zbekiston


														
														14-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

14-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 20-22 daraja, kunduzi 36-38 daraja bo‘ladi.
04:35 / 14.05.2025

														
														Shavkat Mirziyoyev Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakilini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakilini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13-may kuni Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakil…
19:41 / 13.05.2025

														
														Endi o‘zbekistonliklar Xitoyga vizasiz kirishi mumkin

Endi o‘zbekistonliklar Xitoyga vizasiz kirishi mumkin

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida o‘zaro vizadan ozod qilish to‘g‘risidagi hukumatlararo Bitim kuchga kirishi uchun davlat ichk…
19:36 / 13.05.2025

														
														Surxondaryolik o‘smir YPX xodimini sudrab “Cobalt” avtomobilini olib qochishga urundi

Surxondaryolik o‘smir YPX xodimini sudrab “Cobalt” avtomobilini olib qochishga urundi

Hozirda mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
19:25 / 13.05.2025

														
														Xalq demokratik partiyasi o‘zini parlamentdagi muxolifat fraksiyasi deb e’lon qildi

Xalq demokratik partiyasi o‘zini parlamentdagi muxolifat fraksiyasi deb e’lon qildi

Bu orqali partiya o‘z dasturining maqsad va vazifalarini samarali amalga oshirish, elektorati manfaatlarini kengroq ifodalas…
19:15 / 13.05.2025

														
														Baxtsiz hodisa sabab onasidan ayrilgan qiz xorijdan vatanga qaytarildi

Baxtsiz hodisa sabab onasidan ayrilgan qiz xorijdan vatanga qaytarildi

Bolalar ombudsmaniga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanida yashovchi fuqaro E.A.(ayol)ning murojaati kelib tushgan.
15:54 / 13.05.2025

														
														Mubashshir Ahmadning O‘zbekistonga deportatsiyasi rasman tasdiqlandi

Mubashshir Ahmadning O‘zbekistonga deportatsiyasi rasman tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi IIV tomonidan xalqaro qidiruvga e’lon qilingan 1974-yilda tug‘ilgan, fuqaro Tursunov Alisher Ahmado…
14:30 / 13.05.2025

														
														Onlayn platformalar va veb-saytlarda qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik

Onlayn platformalar va veb-saytlarda qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik

Onlayn platformalar va veb-saytlar faoliyatiga qo‘yilgan talablarga rioya etmaganlik uchun qanday choralar ko‘zda tutilgan?
14:19 / 13.05.2025

														
														Mahalliy qatnovlar uchun barcha aviakompaniyalarga subsidiya ajratiladi

Mahalliy qatnovlar uchun barcha aviakompaniyalarga subsidiya ajratiladi

O‘zbekistonda 2021-yil 1-iyundan boshlab mahalliy aviaqatnovlarni subsidiyalash yo‘lga qo‘yilgan.
13:25 / 13.05.2025

														
														Ota-ona qaramog‘isiz qolgan bola Rossiyadan O‘zbekistonga qaytarildi

Ota-ona qaramog‘isiz qolgan bola Rossiyadan O‘zbekistonga qaytarildi

Rossiya Ichki ishlar vazirligi xodimlari hamrohligida, ota-ona qaramog‘isiz qolgan, voyaga yetmagan O‘zbekiston Respublikasi…
12:28 / 13.05.2025

Bu ham qiziq

Qamchiq dovonida mashina kabinasiga qisilib qolgan yo‘lovchi qutqarildi

Qamchiq dovonida mashina kabinasiga qisilib qolgan yo‘lovchi qutqarildi

Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida 2 nafar fuqarolar qutqarilib, tez tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan, s…
16:18 / 12.05.2025
“Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman” – Zelenskiy

“Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman” – Zelenskiy

Ukraina rahbari Rossiyaning Ukraina bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish taklifiga javob berdi.
09:54 / 12.05.2025
“Onlayn platforma va veb-saytlar foydalanuvchilarining huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi

“Onlayn platforma va veb-saytlar foydalanuvchilarining huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi

Internet va ijtimoiy tarmoqlar fuqarolarning axborotga bo‘lgan ehtiyojini tezkor qondirish, jamiyatdagi dolzarb muammolarni …
12:25 / 12.05.2025
Mahalliy qatnovlar uchun barcha aviakompaniyalarga subsidiya ajratiladi

Mahalliy qatnovlar uchun barcha aviakompaniyalarga subsidiya ajratiladi

O‘zbekistonda 2021-yil 1-iyundan boshlab mahalliy aviaqatnovlarni subsidiyalash yo‘lga qo‘yilgan.
13:25 / 13.05.2025
Sloveniyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Sloveniyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Sloveniyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Alenka Suhadolnikda…
19:18 / 12.05.2025
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etiladi

Farmonga ko‘ra, bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari bo‘yicha ta’lim olish uchun eng munosib nomzodlarni sar…
10:27 / 13.05.2025
Baxtsiz hodisa sabab onasidan ayrilgan qiz xorijdan vatanga qaytarildi

Baxtsiz hodisa sabab onasidan ayrilgan qiz xorijdan vatanga qaytarildi

Bolalar ombudsmaniga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanida yashovchi fuqaro E.A.(ayol)ning murojaati kelib tushgan.
15:54 / 13.05.2025
13-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

13-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 19-21 daraja, kunduzi 35-37 daraja bo‘ladi.
22:36 / 12.05.2025
Mas’ud Pezeshkiyon O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripovni qabul qildi

Mas’ud Pezeshkiyon O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripovni qabul qildi

Eron Islom Respublikasi Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon rasmiy tashrif bilan Tehron shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston Respubl…
20:32 / 12.05.2025
Endi o‘zbekistonliklar Xitoyga vizasiz kirishi mumkin

Endi o‘zbekistonliklar Xitoyga vizasiz kirishi mumkin

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida o‘zaro vizadan ozod qilish to‘g‘risidagi hukumatlararo Bitim kuchga kirishi uchun davlat ichk…
19:36 / 13.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!