$
12858.15 UZS
-58.95
159.71 UZS
-0.43
14505.28 UZS
44.59
31° Kechasi 18°

“Sudya”likka da’vogarlik qilgan 2 nafar ichki ishlar xodimi katta miqdorda pora bilan ushlandi

14:00 / 18.05.2025

DXX Call-markaziga murojaat qilgan Toshkent viloyatida yashovchi fuqarodan, viloyat ichki ishlar xodimining o‘z xizmat vakolatini suiiste’mol qilgan holda korrupsion jinoyatlarni sodir etib kelayotgani xususida ma’lumotlar olindi.

Murojaatga ko‘ra, IIB xodimi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 210, 131, 135, 206, 207, 165-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergovda bo‘lgan sobiq ichki ishlar xodimiga sud idoralaridagi tanishlari orqali yengilroq jazo tayinlanishida yordam berish evaziga uning yaqin qarindoshlaridan 20 ming AQSh dollari talab qilgan. Joriy yilning 16-may kuni DXX va IIV tezkor boshqarmalari hamkorligida o‘tkazilgan faol tadbir davomida, IIB xodimi 1995-yilda tug‘ilgan fuqaro “A.B.”dan 20 ming AQSh dollarini olgan vaqtida jinoyat ustida qo‘lga olindi.

Yana bir holatda, joriy yilning 17-may kuni DXX tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash Departamenti hamda IIV tezkor boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan faol tadbirda Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani ichki ishlar xodimi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 103 va 112-moddalari bilan ayblanib, 8 yil 5 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilingan mahkumga jazo muddatini Toshkent shahar sudi mansabdor shaxslari imkoniyati orqali taftish instansiyasida kamaytirib berishni va’da qilib, mahkumni tanishi “N.N.”dan 24 ming AQSh dollari miqdorida pora olayotgan vaqtida jinoyat ustida ushlangan.

Tadbir jarayonida uning yonidan advokatlik va hakamlik sudi sudyasi guvohnomalari hamda IIVning lavozimga tayinlash to‘g‘risidagi buyrug‘i nusxasi topilgan.

Ta’kidlash kerakki, ushbu xodim 2014-yilga qadar ichki ishlar idoralarida ishlab, 2022-yildan esa, advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelgan. Joriy yilning aprel oyida unga yana bir bor imkoniyat berilib, ichki ishlar idoralariga qaytadan tiklangan. Afsuski, ishga tiklanganligiga 2 oy bo‘lmagan bu xodim korrupsion harakatlarni takroran sodir etgan.

Har ikki holat yuzasidan taqdim etilgan materiallar asosida Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi va 28, 211-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


O‘zbekiston


														
														Eski liftlarni yangilash uchun 850 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ ajratiladi

Eski liftlarni yangilash uchun 850 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ ajratiladi

Mazkur maqsadlarni amalga oshirish uchun mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan jami 854,6 milliard so‘m ajratilishi belgila…
10:19 / 20.05.2025

														
														1-iyundan Bahrayn, Kuvayt, O‘mon fuqarolari uchun O‘zbekistonda 30 kunlik vizasiz rejim joriy qilinadi

1-iyundan Bahrayn, Kuvayt, O‘mon fuqarolari uchun O‘zbekistonda 30 kunlik vizasiz rejim joriy qilinadi

“2025–2026-yillarda sayyohlar oqimini keskin ko‘paytirish va turistik xizmatlar ko‘lamini jadal kengaytirish orqali turizmni…
09:57 / 20.05.2025

														
														20-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

20-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 15-17 daraja, kunduzi 31-33 daraja bo‘ladi.
00:04 / 20.05.2025

														
														O‘zbekistonda yangi avtomobillar narxi o‘sishda davom etmoqda

O‘zbekistonda yangi avtomobillar narxi o‘sishda davom etmoqda

O‘zbekistonda yangi avtomobillar narxi o‘sishda davom etadi, ikkilamchi bozorda esa yana pasayish kutilmoqda.
22:16 / 19.05.2025

														
														Toshkent metrosi kengayishi kutilmoqda

Toshkent metrosi kengayishi kutilmoqda

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga poytaxt metropolitenini rivojlantirish loyihasi taqdim etildi. Metroni TTZ majmu…
21:05 / 19.05.2025

														
														O‘zbekiston 2025-yilda qurilish materiallari eksportini 1,2 milliard dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston 2025-yilda qurilish materiallari eksportini 1,2 milliard dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda

O‘zbekistonda yil oxirigacha qurilish materiallari eksportini 1,2 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilgan. Bu haqda O‘z…
19:44 / 19.05.2025

														
														Rim papasi inauguratsiyasida O‘zbekiston vakili qatnashdi

Rim papasi inauguratsiyasida O‘zbekiston vakili qatnashdi

Vatikanda 18-may kuni yangi Rim papasi Lev XIV ning lavozimga kirishish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekistondan ham vakil…
11:00 / 19.05.2025

														
														Toshkentda ikkita xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkentda ikkita xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi

Joriy yilning 16-may kuni soat 14:05 da Toshkent shahar, Sergeli tumani, “Yuqori Darxon” MFY, Beltepa ko‘chasida bir-biriga …
10:55 / 19.05.2025

														
														OTMlarning kunduzgi ta’lim shaklida qancha talaba tahsil olayotganligi ma’lum qilindi

OTMlarning kunduzgi ta’lim shaklida qancha talaba tahsil olayotganligi ma’lum qilindi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yili boshida O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayot…
10:04 / 19.05.2025

														
														Rossiyada koloniyadan qochgan o‘zbekistonliklarga sud hukmi o‘qildi

Rossiyada koloniyadan qochgan o‘zbekistonliklarga sud hukmi o‘qildi

Rossiyaning Lipetsk shahridagi koloniyadan 2024-yil yozida tunnel qazib qochib ketgan 6 nafar mahbusga sud hukmi o‘qildi.
08:32 / 19.05.2025

Bu ham qiziq

Yangi Rim papasi bugundan o‘z lavozimiga kirishdi

Yangi Rim papasi bugundan o‘z lavozimiga kirishdi

18-may kuni Rim papasi Leo XIV o‘zining ruhiy hokimiyatining asosiy belgilari - pallium va “baliqchi uzugi”ni qabul qilib, r…
19:39 / 18.05.2025
So‘nggi sutkada Isroil hujumlari natijasida G‘azoda 150 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

So‘nggi sutkada Isroil hujumlari natijasida G‘azoda 150 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

18-may kuni Isroilning G‘azo sektoriga bergan zarbalari oqibatida kamida 151 kishi halok bo‘ldi.
09:47 / 19.05.2025
“Rossiya va Ukraina urushni to‘liq yakunlash bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi” – Tramp

“Rossiya va Ukraina urushni to‘liq yakunlash bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi” – Tramp

Rim papasining so‘zlariga ko‘ra, Vatikan bu muzokaralarni o‘z hududida o‘tkazishga katta qiziqish bildirgan. Jarayon boshlan…
09:16 / 20.05.2025
O‘zbekistonda avtomobil yo‘llarining umumiy uzunligi 42 ming kilometrdan oshdi

O‘zbekistonda avtomobil yo‘llarining umumiy uzunligi 42 ming kilometrdan oshdi

2025-yil boshiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining umumiy uzunligi 42,4 ming k…
18:53 / 18.05.2025
18-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

18-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 18-20 daraja, kunduzi 28-30 daraja bo‘ladi.
03:26 / 18.05.2025
O‘zbekistonlik snayperlar Turkiyada o‘tkazilgan xalqaro musobaqada g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik snayperlar Turkiyada o‘tkazilgan xalqaro musobaqada g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

Turkiyada o‘tkazilgan “Eng yaxshi merganlar jamoasi” V xalqaro tanlovida o‘zbekistonlik harbiylar oltin medalni qo‘lga kirit…
20:39 / 18.05.2025
O‘zbekiston 2025-yilda qurilish materiallari eksportini 1,2 milliard dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston 2025-yilda qurilish materiallari eksportini 1,2 milliard dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda

O‘zbekistonda yil oxirigacha qurilish materiallari eksportini 1,2 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilgan. Bu haqda O‘z…
19:44 / 19.05.2025
Rim papasi inauguratsiyasida O‘zbekiston vakili qatnashdi

Rim papasi inauguratsiyasida O‘zbekiston vakili qatnashdi

Vatikanda 18-may kuni yangi Rim papasi Lev XIV ning lavozimga kirishish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekistondan ham vakil…
11:00 / 19.05.2025
30-iyundan Rossiyaga kirish uchun QR kod talab qilinadi

30-iyundan Rossiyaga kirish uchun QR kod talab qilinadi

Vizasiz tartibda Rossiyaga kelayotgan chet el fuqarolari 30-iyundan boshlab “Gosuslugi RuID” mobil ilovasi orqali oldindan r…
12:47 / 19.05.2025
AQShda tornado oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi

AQShda tornado oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi

Sent-Luis shahri rasmiylari bu tornadoni “tarixdagi eng dahshatli bo‘ronlardan biri” deb atadi. Noqulay ob-havo oqibatida ta…
08:28 / 18.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!