Vatikanda 18-may kuni yangi Rim papasi Lev XIV ning lavozimga kirishish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekistondan ham vakil qatnashdi.
Tadbirda qatnashish uchun butun dunyo bo‘ylab jami 250 ming kishi Vatikan maydoni va uning atrofiga yig‘ildi. O‘zbekiston tomonidan rasmiy vakil sifatida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nuriddin Ismoilov ishtirok etdi.
Marosimning rasmiy qismi yakunlanganidan so‘ng Nuriddin Ismoilov yangi saylangan Rim papasini tabriklab, prezident Shavkat Mirziyoyevning iliq salomlarini yo‘lladi. O‘z navbatida, yangi Rim papasi O‘zbekiston rahbariyati va xalqiga chuqur minnatdorlik bildirdi.
Marosimda 156 ta xorijiy mamlakat, qirollik uylari va diniy konfessiyalardan delegatsiyalar vakillari ishtirok etgan.
Amerikalik kardinal 69 yoshli Robert Prevo 8-may kuni yangi Rim papasi etib saylangan edi. U o‘ziga Lev XIV ismini tanlagan. Undan oldingi Rim papasi Fransisk esa 21-aprel kuni 88 yoshida vafot etgandi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!