Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi qayd etishicha, O‘zbekistonda ko‘p kvartirali uy-joylardagi lift uskunalarining texnik holatini yaxshilash va aholiga xavfsiz sharoit yaratish maqsadida chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Endilikda “Xavfsiz lift” yagona idoralararo platformasi doirasida liftlarga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarning reyestri yuritiladi. Ushbu reyestrga tashkilotlarning liftlarni o‘rnatish va ta’mirlash faoliyati uchun berilgan ruxsatnomalar, ularning amal qilish muddati hamda xizmat ko‘rsatuvchi mutaxassislar to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritilishi belgilangan.
Qayd etilishicha, mamlakatdagi 5491 ta ko‘p kvartirali uyda joylashgan 13 798 ta lift uskunasi to‘liq xatlovdan o‘tkazildi. Xatlov natijasiga ko‘ra, foydalanish muddati o‘tgan 2001 ta liftni yangilash va 382 tasini ta’mirlash zarurligi aniqlandi.
Mazkur maqsadlarni amalga oshirish uchun mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan jami 854,6 milliard so‘m ajratilishi belgilangan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!