Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu chorshanba kuni G‘azo sektoridagi XAMAS rahbari va harakatning eng ko‘p qidirilayotgan a’zolaridan biri Muhammad Sinvar o‘ldirilganini ma’lum qildi.
Uning akasi Yahyo Sinvar 2023-yil oktabr oyida G‘azoda urush boshlanishiga sabab bo‘lgan Isroilga qilingan hujumning tashkilotchisi hisoblangan. O‘sha paytdagi harakat yetakchisi Ismoil Xaniya Eronda halok bo‘lganidan so‘ng, Sinvar XAMASga boshchilik qildi.
Netanyaxuning so‘zlariga ko‘ra, Muhammad Sinvarning yo‘q qilinishi Isroilning XAMAS qo‘mondonlik tuzilmasini zaiflashtirish harakatlaridagi muhim bosqich bo‘ldi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!