$
12790.43 UZS
22.17
162.60 UZS
-0.03
14486.44 UZS
86.4
32° Kechasi 18°

Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo – Italiya” sammitida ishtirok etdi

19:54 / 30.05.2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-may kuni Ostona shahrida “Markaziy Osiyo – Italiya” sammitida ishtirok etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev raisligida o‘tkazilgan tadbirda Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov ham qatnashdilar.

Uchrashuvda Markaziy Osiyo mamlakatlari va Italiya o‘rtasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi. Xususan, investitsiya va texnologiyalar, «yashil» iqtisodiyot sohalarida sheriklikni rivojlantirish, ta’lim va madaniy dasturlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Prezidentimiz o‘z nutqining avvalida ushbu tadbir joriy yil aprel oyida Samarqandda o‘tgan sammitda Markaziy Osiyo va Yevropa o‘rtasida erishilgan strategik sheriklik to‘g‘risidagi kelishuvlarning uzviy davomi ekanini ta’kidladi.

Ushbu formatda, avvalo, mamlakatlarimizning texnologik, sanoat va intellektual salohiyatini inobatga olgan holda samarali amaliy hamkorlikni rivojlantirishga intilish borligi qayd etildi.

Bugungi global va mintaqaviy siyosatdagi tendensiyalarni, xavfsizlik va taraqqiyotga nisbatan umumiy tahdidlarning kuchayishini hisobga olgan holda Italiya bilan ko‘p tomonlama muloqotga bo‘lgan ehtiyoj ham ortib bormoqda.

Shu bilan birga, mintaqaning Italiya bilan ko‘p asrlik savdo va madaniy aloqalari yangi bosqichdagi keng qamrovli sheriklik uchun mustahkam poydevor vazifasini o‘tamoqda.

Kun tartibidagi masalalarga o‘tar ekan, O‘zbekiston rahbari "Markaziy Osiyo - Italiya" formatidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z qarashlarini bayon etdi.

Avvalo, qator dolzarb xalqaro masalalar yuzasidan yondashuvlarni muvofiqlashtirish uchun tashqi ishlar vazirliklari darajasida muntazam muloqotlarni davom ettirish muhimligi ta’kidlandi. Shuningdek, terrorizm, ekstremizm, radikalizm, giyohvand moddalar savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashda ko‘p tomonlama sheriklik va maxsus xizmatlarning axborot almashish mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish taklif etildi.

Iqtisodiy sohada davlatimiz rahbari so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Italiya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash va investitsiyalar hajmi uch barobar oshganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Italiyaning yetakchi kompaniyalari bilan texnologik hamkorlik loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.

Italiya ishbilarmon doiralarining innovatsion rivojlanish borasida an’anaviy kuchli mavqeini hisobga olib, mamlakatlarimiz savdo-sanoat palatalari shafeligida biznes muloqoti uchun doimiy maydon - "Markaziy Osiyo - Italiya" ishbilarmonlar klubini tashkil etish taklif qilindi. Tadbirkorlar ishtirokidagi bunday uchrashuvlar har yili mintaqa mamlakatlari va Italiya poytaxtlarida o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Prezidenti texnologiyalar transferi, ilg‘or bilim va tajribalarni joriy etish, yuqori texnologiyali sanoat ishlab chiqarishlarini tashkil etish uchun qulay sharoitlarni yaratishni nazarda tutuvchi ko‘p tomonlama Sanoat va texnologik hamkorlik dasturini ishlab chiqish va qabul qilish muhimligini ta’kidladi.

Mavjud muvaffaqiyatli tajribani hisobga olib, mineral resurslar va qishloq xo‘jaligi xomashyosini chuqur qayta ishlash; elektrotexnika, kimyo, to‘qimachilik, charm, oziq-ovqat va boshqa qayta ishlash tarmoqlari uchun zamonaviy uskunalar ishlab chiqarish; butlovchi qismlar va sanoat mahsulotlarini mahalliylashtirish; Italiyaning yetakchi brendlari ishtirokida dizayn markazlarini tashkil etish hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘lishi mumkinligi qayd etildi.

Davlatimiz rahbari Toshkent viloyatida mintaqaviy ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirish uchun Yevropa operatori boshqaruvida maxsus industrial park tashkil etilayotganini ma’lum qildi.

Shu bilan birga, Italiyaning SACE va SIMEST davlat agentliklari hamda qo‘shma investitsiya fondlarini hamkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga jalb qilish muhimligi ta’kidlandi.

"Yashil" transformatsiya sohasida Italiya bilan samarali hamkorlikni yuqori baholab, O‘zbekiston yetakchisi uglerod chiqindilarini kamaytirish bo‘yicha milliy dasturlarni amalga oshirishga ko‘maklashadigan ko‘p tomonlama platformani yo‘lga qo‘yish orqali keng qamrovli sheriklikni rivojlantirishga chaqirdi.

Qayta tiklanuvchi energetika sohasidagi loyihalarni, jumladan, Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga "yashil" energiya yetkazib berish, Italiyaning yetakchi ishlab chiqaruvchilari va muhandislik kompaniyalarini jalb etgan holda korxonalarni auditdan o‘tkazish va energiya samaradorligini oshirish, suv infratuzilmasi obyektlarini modernizatsiya qilish va vodorod texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishga tayyorlik bildirildi.

Toshkentdagi Turin politexnika va Piza universitetlari filiallari samarali faoliyat yuritayotganini ta’kidlar ekan, davlatimiz rahbari Italiyaning boshqa yetakchi oliy o‘quv yurtlarining mintaqaga qiziqishi ortib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

O‘zbekiston Prezidenti muhandislik, dizayn, suv tejamkorligi va biotexnologiyalar kabi yo‘nalishlarda ilmiy ishlanmalar, akademik almashinuv va kadrlar tayyorlash dasturlarini amalga oshirish va moliyalashtirish uchun "Markaziy Osiyo - Italiya" ilmiy-ta’lim konsorsiumini tashkil etish tashabbusini ilgari surdi.

Yetakchi turoperatorlar o‘rtasida sheriklik aloqalarini o‘rnatish va qo‘shma sayyohlik mahsulotlarini yaratish maqsadida turizm alyansini tashkil etishdan manfaatdorlik bildirildi.

Italiya jamoatchiligi Rim va Florensiyada o‘tkazilgan ko‘rgazma va madaniy tadbirlarga katta qiziqish bildirgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Shu munosabat bilan kelgusi yili Xiva shahrida mintaqa mamlakatlari va Italiya yoshlarining kreativ iqtisodiyot va madaniy almashinuv forumini o‘tkazish taklif qilindi.

Sammitda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari va Italiya Bosh vaziri ham nutq so‘zladi. Tadbir yakunida Qo‘shma bayonot qabul qilindi.


O‘zbekiston


														
														“Agrobank” jarimaga tortildi

“Agrobank” jarimaga tortildi

Mazkur reklama axborotlarida “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunining 43-moddasi talablariga asosan moliyaviy xizmatlarni ko‘rsati…
11:06 / 02.06.2025

														
														May oyida 94,8 mlrd so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgan

May oyida 94,8 mlrd so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgan

“O‘zenergoinspeksiya” tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda elektr va gaz ta’minoti korxonalari ishtirokida so‘…
10:32 / 02.06.2025

														
														FVV Toshkent shahri aholisini ogohlantirdi

FVV Toshkent shahri aholisini ogohlantirdi

Bugun soat 11:00 dan 13:00 ga qadar Toshkent shahrining Chilonzor tumanida joylashgan “Abu-Saxiy” buyum bozorini ko‘p qavatl…
09:51 / 02.06.2025

														
														Farg‘onada bank mas’ullari pora bilan ushlandi

Farg‘onada bank mas’ullari pora bilan ushlandi

Ular fuqaro nomiga kredit ajratib berish evaziga 10 mln so‘m talab qilgan.
09:17 / 02.06.2025

														
														2-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

2-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

Harorat kechasi 16-18 daraja, kunduzi 30-32 daraja bo‘ladi.
21:54 / 01.06.2025

														
														Jalolobod va Namangan viloyati o‘rtasidagi savdo 150 million dollarga yetdi

Jalolobod va Namangan viloyati o‘rtasidagi savdo 150 million dollarga yetdi

Qirg‘izistonning Jalolobod viloyati va O‘zbekistonning Namangan viloyati o‘rtasidagi savdo 2024-yilda 150 million dollarga y…
21:28 / 01.06.2025

														
														O‘zbekistonda yillik inflyatsiya 8,7 foizgacha pasaydi

O‘zbekistonda yillik inflyatsiya 8,7 foizgacha pasaydi

2025-yilning may oyida O‘zbekistonda yillik inflyatsiya 8,7 foizni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich aprel oyidagi 10,1 foizga ni…
20:10 / 01.06.2025

														
														Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganlik holatlari aniqlandi

Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganlik holatlari aniqlandi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari…
19:29 / 01.06.2025

														
														O‘zbekistondan Qozog‘istonga pul oqimi keskin oshdi

O‘zbekistondan Qozog‘istonga pul oqimi keskin oshdi

Qozog‘iston Respublikasi milliy bankining ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil aprel oyida O‘zbekistondan Qozog‘istonga xalqaro to…
18:49 / 01.06.2025

														
														Yozning ilk oyida bizni qanday ob-havo kutmoqda?

Yozning ilk oyida bizni qanday ob-havo kutmoqda?

“O‘zgidromet” iyun oyi uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
14:39 / 01.06.2025

Bu ham qiziq

1-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

1-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 1-iyun kuni Toshkent shahrida havo biroz…
22:15 / 31.05.2025
Xitoy AQShni savdo bitimini buzganlikda ayblab, javob chorasi ko‘rish bilan tahdid qildi

Xitoy AQShni savdo bitimini buzganlikda ayblab, javob chorasi ko‘rish bilan tahdid qildi

Pekin bu bayonotini yaqinda Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Trampning “Xitoy savdo kelishuvini buzgani” haqidagi ayblovla…
14:14 / 02.06.2025
Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganlik holatlari aniqlandi

Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganlik holatlari aniqlandi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari…
19:29 / 01.06.2025
Tojikistondan 16 kg giyohvandlik vositasi olib kirgan shaxsga sud hukmi o‘qildi

Tojikistondan 16 kg giyohvandlik vositasi olib kirgan shaxsga sud hukmi o‘qildi

2024-yilning 12-noyabr kuni Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Namangan viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, P…
09:58 / 01.06.2025
Thailand Open. O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi bo‘ldi

Thailand Open. O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi bo‘ldi

Ayni daqiqalarda Tailand poytaxti Bangkok shahrida boks bo‘yicha nufuzli Thailand Open turnirining final janglari o‘tkazilmo…
17:02 / 01.06.2025
Yozning ilk oyida bizni qanday ob-havo kutmoqda?

Yozning ilk oyida bizni qanday ob-havo kutmoqda?

“O‘zgidromet” iyun oyi uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
14:39 / 01.06.2025
“Agrobank” jarimaga tortildi

“Agrobank” jarimaga tortildi

Mazkur reklama axborotlarida “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunining 43-moddasi talablariga asosan moliyaviy xizmatlarni ko‘rsati…
11:06 / 02.06.2025
O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish uchun Buyuk Britaniya bilan muzokaralarni yakunladi

O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish uchun Buyuk Britaniya bilan muzokaralarni yakunladi

O‘zbekiston JSTga qo‘shilish bo‘yicha Buyuk Britaniya bilan ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi. Bu haqda prezidentning J…
20:55 / 31.05.2025
O‘zbek bastakori Dilorom Omonullayeva 65 yoshida vafot etdi

O‘zbek bastakori Dilorom Omonullayeva 65 yoshida vafot etdi

Taniqli o‘zbek bastakori, kompozitor, pedagog va professor Dilorom Omonullayeva 65 yoshida vafot etdi.
21:44 / 31.05.2025
Eron uran zaxiralarini oshirmoqda

Eron uran zaxiralarini oshirmoqda

Bu haqda BMT yadroviy agentligiga tayanib BBC xabar bermoqda.
11:30 / 01.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!