O‘zbekiston Interpolining Milliy markaziy byurosi ko‘magida Amerika Qo‘shma Shtatlarida qidiruvdagi shaxsning joylashgan o‘rni aniqlanib, u o‘z yurtiga qaytarildi.
O‘zbekiston Interpol Milliy markaziy byurosining axborot ko‘magi hamda AQSHning O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi bilan yaqin hamkorligi tufayli, mamlakatimiz huquq-tartibot organlari tomonidan qidirilayotgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi va mamlakatdan chiqarib yuborildi.
Ushbu shaxs Jinoyat kodeksining 168-moddasi, 4-qismida nazarda tutilgan o‘ta yirik miqdordagi firibgarlik sodir etganlikda ayblanmoqda edi.
O‘zbekiston Interpol MMB xodimlari va AQSHning vakolatli organlari o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralar, qo‘shma tezkor harakatlar hamda o‘zaro ma’lumotlar almashish natijasida, Amerika tomoni bilan hamkorlikda qidiruv e’lon qilingan shaxsni mamlakat hududidan chiqarib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
AQSHning Immigratsiya va bojxona politsiyasi (ICE) xodimlari kuzatuvida jinoyatchi Islom Karimov nomidagi Xalqaro aeroportga keltirildi va keyinchalik javobgarlikka tortish maqsadida Interpolning O‘zbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosi xodimlariga topshirildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!