Zilzila mamlakatning janubi-g‘arbiy sohillarida sodir bo‘lgan. Bu haqda mamlakatning Tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (AFAD) xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, zilzila epimarkazi Egey dengizida, Marmaris shahridan 10,43 km uzoqlikda. Zilzila o‘chog‘i esa 67,91 kilometr chuqurlikda joylashgan. Mug‘la gubernatori Idris Oqbiyiq zilziladan keyin vahimaga tushib balandlikdan sakragan 34 kishi jarohatlanganini aytgan.
Hozirda jami jarohatlanganlar soni 69 kishini tashkil etmoqda. Yer silkinishi tufayli 14 yoshli bola vahimaga tushib, vafot etgan. Jami 55 kishi shifoxonalarga murojaat qilgan. Zilziladan so‘ng shaharda energiya ta’minoti va infratuzilmasi, tabiiy gaz ta’minoti, ichimlik suvi va kanalizatsiya infratuzilmasi faoliyatida salbiy holatlar kuzatilmagan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!