Qirg‘iziston sudi mamlakatning sobiq prezidenti Almazbek Atambayevni mol-mulki musodara qilingan holda sirtdan 11,5 yilga ozodlikdan mahrum qildi. U uchta jinoiy ish bo‘yicha aybdor deb topildi. Atambayev noqonuniy boylik orttirish, yer uchastkalarini egallab olish va 2019-yil Qo‘y-Tosh qishlog‘idagi ommaviy tartibsizliklarni uyushtirishda ayblangan.
Shuningdek, sud Atambayev va sobiq bosh vazir o‘rinbosari Asqarbek Shodiyevga davlatga 5,4 milliard som (qariyb 60 million AQSh dollari) to‘lash majburiyatini yukladi. Shodiyevning o‘zi mol-mulki musodara qilingan holda 15,5 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Ozodlikka chiqqanidan keyin u uch yil davomida davlat lavozimlarida ishlay olmaydi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!