Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Sergey Shoygu 4-iyun kuni KXDRda mamlakat rahbari Kim Chen In bilan uchrashdi. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi saytida xabar berildi.
Uchrashuv chog‘ida Kim Chen In Shimoliy Koreya Rossiyani Ukrainadagi urushda qat’iy qo‘llab-quvvatlashda davom etishini bildirgan.
“KXDR hukumati Rossiyaning pozitsiyasi va tashqi siyosatini barcha xalqaro siyosiy masalalarda, ayniqsa Ukrainadagi mojaroda qo‘llab-quvvatlaydi”, — degan KXDR yetakchisi.
Bundan tashqari, Kim Chen In va Sergey Shoygu uchrashuv chog‘ida Kursk viloyatida bo‘lib o‘tgan janglarni ham muhokama qilgan. Ushbu janglarda Shimoliy Koreya askarlari Ukraina Qurolli kuchlariga qarshi Rossiya tomonida turib jang qilgandi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!