$
12712.05 UZS
-65.47
161.10 UZS
-0.44
14524.79 UZS
-65.86
32° Kechasi 20°

Registon maydonida joylashgan Tillakori madrasasi qayta restavratsiya qilinadi

21:39 / 08.06.2025

Samarqand shahrining Registon maydonida joylashgan Tillakori madrasasi restavratsiya qilinadi, shuningdek, “Imom Moturidiy” yodgorlik majmuasida rekonstruksiya-restavratsiya qilish, qo‘shimcha binolar qurish hamda hududni obodonlashtirish ishlari boshlanadi. Bu haqda Madaniy meros agentligi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 19—21-may kunlari Toshkent shahrida agentlik huzuridagi Ilmiy-ekspert kengashning yig‘ilishi o‘tkazilgan. Unda 120 ga yaqin loyiha ko‘rib chiqilgan.

Ilmiy-ekspert kengashining qaroriga ko‘ra, Samarqand shahar, Registon maydonida joylashgan Tillakori madrasasini restavratsiya va tiklashga yodgorlikning bezaklariga ziyon yetkazmaslik sharti bilan ruxsat berilgan. Shuningdek, Samarqand viloyatida joylashgan “So‘fi Olloyor” masjidida ta’mirlash-tiklash, Shahrisabz shahar tarixiy markazida joylashgan “Qal’a devori”, Surxondaryo viloyatidagi “Tuz g‘ori” madaniy meros obyektini mukammal ta’mirlash, Qashqadaryo viloyatidagi “Soqi Mavlon ota” maqbarasini tarixiy va tabiiy landshaft ko‘rinishini saqlagan holda kompleks ziyoratgohga aylantirish, “Imom Moturidiy” yodgorlik majmuasida rekonstruksiya-restavratsiya qilish, qo‘shimcha binolar qurish hamda hududni obodonlashtirish kabi takliflar ma’qullangan.

Shuningdek, Jizzax viloyati, Baxmal tumanidagi “Toshbuloq” hamda “To‘g‘onbuloq” arxeologik yodgorliklarini moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatiga kiritilishi tasdiqlangan.

Yig‘ilish davomida Namangan viloyatidagi “G‘urumsaroy” (“Xolmatboy”) masjidi hududida yangi masjid barpo etish, Andijon viloyatidagi “Hotamxon to‘ra” masjidi arxitektura yodgorligida mavjud xonaqo qismida qo‘shimcha bino qurish kabi loyihalar rad etilgan.

“Umumiy hisobda Buxoro, Toshkent va Samarqand shaharlari, Buxoro, Namangan, Sirdaryo va Xorazm viloyatlari bo‘yicha 11 ta loyiha tarixiy yodgorliklarning tashqi ko‘rinishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi, Kengash tomonidan berilgan tavsiyalar to‘liq bajarilmagani bois tasdiqdan o‘tmadi”, – deyiladi xabarda.


O‘zbekiston


														
														Toshkent xalqaro investitsiya forumi 8 ming delegat ishtirokida o‘z ishini boshlaydi

Toshkent xalqaro investitsiya forumi 8 ming delegat ishtirokida o‘z ishini boshlaydi

O‘zbekiston Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov bugun mamlakat rahbarining joriy haftadagi ish rejasi haqida ma’lumot b…
17:52 / 09.06.2025

														
														“O‘zgidromet” ogohlantirish bilan chiqdi

“O‘zgidromet” ogohlantirish bilan chiqdi

Joriy yilning 10–16-iyun kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel…
17:16 / 09.06.2025

														
														10-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

10-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

10-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan s…
16:17 / 09.06.2025

														
														Surxondaryo fermer xo‘jaligi 433,6 mln so‘mlik elektr energiyadan noqonuniy foydalandi

Surxondaryo fermer xo‘jaligi 433,6 mln so‘mlik elektr energiyadan noqonuniy foydalandi

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
12:57 / 09.06.2025

														
														Slovakiya Bosh vazirini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

Slovakiya Bosh vazirini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

9-iyun kuni Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Slovakiya Respublikasi Bosh vaziri Robert Fitson…
12:32 / 09.06.2025

														
														9-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

9-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

9-iyun kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga…
01:24 / 09.06.2025

														
														Registon maydonida joylashgan Tillakori madrasasi qayta restavratsiya qilinadi

Registon maydonida joylashgan Tillakori madrasasi qayta restavratsiya qilinadi

Bu haqda Madaniy meros agentligi xabar bermoqda.
21:39 / 08.06.2025

														
														10-iyun “Bunyodkor” stadioni atrofidagi ko‘chalarda avtomobil harakati chekla

10-iyun “Bunyodkor” stadioni atrofidagi ko‘chalarda avtomobil harakati chekla

Shu kuni JCh-2026 saralash doirasida O‘zbekiston va Qatarni qabul qiladi.
20:29 / 08.06.2025

														
														“Talabalar kibersport o‘yinlari – 2025” musobaqalari tashkil etiladi

“Talabalar kibersport o‘yinlari – 2025” musobaqalari tashkil etiladi

Shu maqsadda, mazkur loyiha tizimida “Talabalar kibersport o‘yinlari – 2025” Respublika chempionati o‘tkazilishi e’lon qilin…
19:41 / 08.06.2025

Bu ham qiziq

UFC 316. Dvalishvili va O’Melli o‘rtasidagi kamar jangi muddatidan oldin yakunlandi

UFC 316. Dvalishvili va O’Melli o‘rtasidagi kamar jangi muddatidan oldin yakunlandi

AQShning Nyu-Jersi shtatida UFC 316 turniri o‘z yakuniga yetdi.
10:46 / 08.06.2025
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda botanika bog‘lari barpo etiladi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda botanika bog‘lari barpo etiladi

Prezident farmoniga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda botanika yoki dendrologiya bog‘lari barpo etiladi.
14:32 / 08.06.2025
Eron tezkor yadroviy qurollanish imkoniyatiga ega

Eron tezkor yadroviy qurollanish imkoniyatiga ega

Eron tezkor yadroviy qurollanish imkoniyatiga ega
11:19 / 07.06.2025
Slovakiya Bosh vazirini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

Slovakiya Bosh vazirini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

9-iyun kuni Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Slovakiya Respublikasi Bosh vaziri Robert Fitson…
12:32 / 09.06.2025
Mbappe “Oltin to‘p”ga kim loyiq ekanligini aytdi

Mbappe “Oltin to‘p”ga kim loyiq ekanligini aytdi

Fransiya milliy jamoasi va Ispaniyaning “Real Madrid” klubi hujumchisi Kilian Mbappening fikricha, Usmon Dembele “Oltin to‘p…
16:22 / 07.06.2025
Slovakiya Bosh vaziri rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi

Slovakiya Bosh vaziri rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Slovakiya Respublikasi Bosh vaziri Robert Fitso …
09:39 / 08.06.2025
Registon maydonida joylashgan Tillakori madrasasi qayta restavratsiya qilinadi

Registon maydonida joylashgan Tillakori madrasasi qayta restavratsiya qilinadi

Bu haqda Madaniy meros agentligi xabar bermoqda.
21:39 / 08.06.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p qaysi davlatlarga sayohat qilishmoqda?

O‘zbekistonliklar eng ko‘p qaysi davlatlarga sayohat qilishmoqda?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-aprel oylarida jami 2 116,9 ming nafar O‘zbekiston fuq…
10:28 / 08.06.2025
9-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

9-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

9-iyun kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga…
01:24 / 09.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!