Mo‘g‘ulistonning Hunnu Air aviakompaniyasi 2025-yil sentyabrida Ulan-Batordan Toshkentga ilk parvozni amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 23-iyun kuni Mo‘g‘uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida bo‘lib o‘tgan biznes-forum doirasida transport vaziri birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov Hunnu Air aviakompaniyasi rahbari Purevjav Munxjargal bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda tomonlar Ulan-Bator shahridan Toshkentga to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildi.
Muzokara davomida Hunnu Air aviakompaniyasiga kerakli slotlar ajratilishi masalasiga aniqlik kiritilib, tranzit yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish mexanizmi va tartibini muvofiqlashtirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar belgilandi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, parvozlar Embraer 190 rusumli samolyotlarda amalga oshiriladi.
Ma’lumot uchun, Hunnu Air — 2011-yilda tashkil etilgan bo‘lib, shtab-kvartirasi Ulan-Batordagi Chingizxon nomidagi xalqaro aeroportida joylashgan xususiy aviakompaniya hisoblanadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!